Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.92K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vaqt kapsulasi: 2075-yil yoshlari uchun qalbdan yozilgan maktub

Bugun yoshlarimiz o‘z tarixini kelajak avlod uchun maxsus Vaqt kapsulasiga joylashtirdilar. Unda 2025-yil yoshlari tomonidan yozilgan maktublar, orzular, umidlar va bugungi kun xavotirlari jamlangan.

Vaqt kapsulasi 50 yil davomida saqlanadi va hozirgi hamda kelajak avlodlar o‘rtasida ramziy ko‘prik vazifasini bajaradi.

Mazkur kapsula orqali 2075-yil yoshlari 2025-yildagi ijtimoiy-siyosiy muhit, yoshlarning orzu-intilishlari va ruhiy holati haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.

Kapsulaning “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi maxsus yodgorlik ostiga joylashtirilgani ham chuqur ramziy ma’noga ega.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bizning yoshlik izimiz qoldi!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram