Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.89K subscribers
37.8K photos
4.91K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
“Mahallabay ishlash va kambag‘allikni qisqartirish” tizimi doirasida Termiz shahrida ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugun Termiz shahrida “Mahallabay ishlash va kambag‘allikni qisqartirish” tizimi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Faxriddin Mengliyev, faol jurnalist va blogerlar, mahalla faollari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tizimning amaldagi holati, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga oid ochiq va samimiy fikr-mulohazalar bildirildi. Muloqot jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, mavjud muammolar bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdilar.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ibrat farzandlari maktabi qoshida ochilgan “Ibrat Debate” ning Termiz shahridagi sessiyalariga 40ga yaqin #ingliz_tilida ravon soʻzlashuvchi yoshlar qatnashib kelmoqda. Bugun ham 50ga yaqin yoshlar “Should school uniform be mandatory” mavzusida bahslar olib bordilar.

#Dolzarb_90_kun #YoshlarOyligi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Men donorman aksiyasi Termiz shahrida.

Viloyat qon quyish stansiyasida men donirman aksiyasi start oldi!

📷Foto mobil tasvirlar

#Dolzarb_90_kun #YoshlarOyligi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayev boshchiligida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Bugun Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayev rahbarligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul jarayonida shahar aholisi tomonidan yo‘llangan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, har bir murojaatchi bilan individual suhbat o‘tkazildi.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, asosan, ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy, yer ajratilishi, sog‘liqni saqlash va boshqa turli yo‘nalishlarga oid bo‘lib, ularni joyida hal qilish vaqti keldi. Qabulda so‘z olgan shahar hokimi murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berib, ayrim masalalarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.

Ushbu ochiq muloqot fuqarolarning davlat hokimiyati organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularning muammolarini hal qilishda bevosita ishtirok etish imkoniyatini yaratishga xizmat qilmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ёшлар куни муносабати билан юртимизнинг фаол ва ташаббускор ёш авлод вакилларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы активных и инициативных представителей молодого поколения страны в связи с Днем молодежи"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "«Мард ўғлон» давлат мукофоти билан тақдирлаш тўғрисида"ги Қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О присуждении Государственной премии «Мард ўғлон»"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Iqtidorli yigitlar «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Prezidentimizning ""Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun bir guruh yoshlar taqdirlandi.

Ular orasida quyidagi surxondaryoliklar ham bor:

🏅 Jandreyev Shermuhammad Mamarajab o‘g‘li - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi;

🏅 Qudratillayev Parvez Kamol o‘g‘li - O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich talabasi.

Vohamiz iftixorlari bo‘lgan yoshlarni tabriklab, ularga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ma’lumot uchun, mukofot sovrindorlariga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X