Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.8K photos
4.9K videos
70 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahar hokimi OAV vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

27-iyun – Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayev shahardagi faol jurnalistlar, blogerlar hamda axborot xizmatlari vakillari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

BATAFSIL: https://t.me/termizshh/49547

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahar hokimi OAV vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

27-iyun – Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayev shahardagi faol jurnalistlar, blogerlar hamda axborot xizmatlari vakillari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Tadbir davomida shahar hayotida muhim o‘rin tutayotgan, jamoatchilik fikrini shakllantirishda, axborotning tezkor va xolis yetkazilishida faol ishtirok etayotgan OAV xodimlarining xizmatlari alohida e’tirof etildi. Ularning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati, erkin va haqqoniy so‘z orqali aholiga xizmat qilayotganliklari yuksak baholandi.

Shuningdek, ushbu bayram munosabati bilan bir guruh ilg‘or jurnalistlar, blogerlar va axborot xodimlariga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Bu e’tibor soha vakillarini yangi yutuqlarga, yanada mas’uliyat bilan ishlashga undashi shubhasiz.

Tadbir yakunida OAV vakillari bilan kelgusi rejalar, dolzarb masalalar yuzasidan erkin fikr almashildi, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Shu tarzda, Termiz shahrida ommaviy axborot vositalari xodimlariga nisbatan hurmat va e’tibor yuksak darajada namoyon etildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram