Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.8K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Ma’lumki, Prezident tashabbusi bilan mamlakatimizda 1-iyundan 30-avgustgacha o‘quvchi yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida "Kasb markaz"lari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahar politexnikumida tashkil etilgan "Yozgi kasblar markazi" faoliyati bilan tanishdi. Fan, sport va kasb to‘garaklari, murabbiy va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Volontyor yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning takliflari asosida "Yoshlar kuni" arafasida bayram dasturlari va yozgi oromgohlarda turli tadbirlar tashkil etish vazifalari belgilandi.

Mutasaddilarga "Kasb markaz"lari faoliyatini kengaytirish, ko‘proq o‘quvchi yoshlarni jalb etish hamda ularning qiziqishlaridan kelib chiqib yangi to‘garaklar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Termiz shahridagi 13 va 15-sonli maktablar hamda 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini ta’mirlash ishlari ijrosi o‘rganildi. Loyihalarni sifatli va o‘z muddatida amalga oshirish, ta’lim maskanlarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
📊 Termiz shahar MMTB tizimida faoliyat yuritayotgan Davlat Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining 2024–2025-o‘quv yilida “ENG FAOL RAHBAR” direktorni aniqlang.

Ovoz berish uchun:👉@matbuotpost_bot

Eslatma: Botga o‘tganingizda /start buyrug‘i orqali boshlang.

Ovozlar sonini ko‘rish uchun natijalarni koʻrish buyrug‘ini bering.

📆 Ovoz berish jarayoni 26-iyun soat 24:00 da yakunlanadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Ehtiyojmand oilalarga kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berildi
 
2025-yil may oyi davomida ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun kompensatsiya puli ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshirilgan mazkur tadbir doirasida, Termiz shahrida bazaviy normadan yuqori hajmda elektr energiyasi yoki tabiiy gaz sarflagan 1 922 nafar ehtiyojmand fuqaroga umumiy 39,9 mln. so‘m miqdorida pul mablag‘lari to‘lab berildi.

Shundan:
- elektr energiyasi uchun - 1 786 nafar fuqaroga 36,5 mln. so‘m;

- tabiiy gaz uchun - 57 nafar fuqaroga 3,3 mln. so‘mni tashkil etadi.

Mazkur kompensatsiya to‘lovlari 2025-yil 15-iyunga qadar qabul qilingan arizalar asosida amalga oshirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tadbirkorlar uchun imtiyozli shartlarda quyidagi moliyaviy xizmatlarni taklif etmoqda:

loyihalarni amalga oshirishda 5 mlrd so‘mgacha bino-inshoot, uskuna va boshqa aktivlar ko‘rinishida sheriklik asosida foiz va ustama to'lovlarisiz kapitalga ulush;

20 mlrd so‘mgacha bo‘lgan bino-inshoot, uskuna va boshqa aktivlar uchun yillik 18% ustama yoki bo‘lib to‘lash sharti bilan garov ta’minotisiz xizmatlar ipotekasi;

Tijorat banklari, lizing kompaniyalari va mikromoliya tashkilotlariga tadbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun 7 yilga 5 mlrd so‘mgacha kredit (lizing);

kredit ajratilishida garov taqchilligi yuzaga kelganda 5 mlrd so‘mgacha kafillik;

Kredit foizining 5,6 foizgacha bo‘lgan qismi uchun kompensatsiya;

Kichik tadbirkorlarga ajratilgan mikrokreditlarning 100 mln so‘mgacha (o'z faoliyatini o'stirgan tadbirkorlar uchun 150 mln so'm) qismini qayta moliyalashtirish.

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TADBIRKOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Termiz shahar IIB Jinoyat-ijro huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘yicha Probatsiya guruhi tashabbusi bilan jamiyatga ijtimoiy moslashtirish jarayonida bo‘lgan yoshlar ishtirokida navbatdagi foydali uchrashuv tashkil etildi.

BATAFSIL

📷Foto mobil tasvirlar

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram