Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.7K photos
4.88K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
КОРРУПЦИЯ - сени ва оилангни хароб қилади!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxon
Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxini barqarorlashtirish bo‘yicha hokimlarga aniq vazifalar yuklatildi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Jumladan, viloyatdagi markaziy bozorlarda arzonlashtirilgan go‘sht mahsulotlari yarmarkasi uchun maxsus pavilonlar tashkil etilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi "Yashil dunyo" markaziy dehqon bozoriga tashrif buyurib, go‘sht mahsulotlari savdosi va narx-navolar holati bilan tanishdi. Shuningdek, arzon go‘sht mahsulotlari savdosi uchun mo‘ljallangan yangi pavilon qurilishi ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilarga pavilonlarni mahsulotlarni saqlash va savdo qilish uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlash, shuningdek, boshqa hududlarda ham tashkil etish vazifasi yuklandi.

Shundan so‘ng viloyat rahbari 7-sonli maktab binolarini rekonstruksiya qilish ishlari va "Tuproqqo‘rg‘on" mahallasida renovatsiya asosida ko‘p qavatli zamonaviy turar joy komplekslari qurilishi loyihalari ijrosini ham o‘rgandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM