Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.7K photos
4.88K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
"Inklyuziv” viloyatga aylanayotgan Termiz

Nogironligi bo‘lgan insonlar har kuni oddiy hayotda biz e’tibor qilmaydigan muammolarga duch kelishadi – liftsiz bino, pandussiz muassasa, ovozsiz svetofor, yo‘lning noteksligi. Ammo so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli ushbu to‘siqlar asta-sekinlik bilan bartaraf etilayapti.

Batafsil"Inklyuziv” viloyatga aylanayotgan Termiz

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahrida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi izchil davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbus va topshiriqlari asosida yozgi ta’til davrida maktab o‘quvchilari va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi Termiz shahrida izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida ilg‘or xorijiy tajribalar asosida tashkil etilgan "Kasb markazlari" faoliyati tobora kengayib, bugungi kunda ham yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Jumladan, Termiz shahar politexnikumida faoliyat yuritayotgan “Kasb markazi”da turli yo‘nalishlardagi to‘garaklar orqali o‘quvchilar amaliy ko‘nikmalarni o‘rganmoqda.

Ayni paytda markazlarda hunarmandchilik, robototexnika, oshpazlik, karving san’ati, kiyim dizayni, grafik dizayn, SMM va boshqa zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha mashg‘ulotlar davom etmoqda. Yoshlarning bilimga, kasb-hunarga bo‘lgan ishtiyoqini yanada kuchaytirish maqsadida mutasaddilar tomonidan to‘garaklar soni kengaytirilib, yangi yo‘nalishlar joriy etilmoqda.

Shahar hokimligi va boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligida loyiha doirasida muntazam monitoringlar olib borilmoqda. Bu esa faoliyatni takomillashtirish, mavjud resurslardan unumli foydalanish hamda yoshlarning manfaatlarini to‘liq qamrab olish imkonini bermoqda.

"Dolzarb 90 kunlik" loyihasi yoshlarga nafaqat bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish, balki kelajak kasbini tanlash, ijtimoiy faollikni oshirish va o‘z salohiyatini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahrida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi izchil davom etmoqda

BATAFSIL: https://t.me/termizshh/49335

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram