Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.7K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishni Termiz shahrida davom ettirdi.

Dastlab, "Tinchlik" mahallasida kollektorni zamonaviy uslubda yopish orqali hosil qilingan bo‘sh maydonda tadbirkorlik, savdo va xizmat ko‘rsatish loyihalarining qurilishi hamda renovatsiya asosida turar joylar barpo etilishi o‘rganildi.

Shuningdek, qurilishi yakunlanib, jihozlangan 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va 19-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish ishlari bilan tanishildi. Mutasaddilar tomonidan loyiha ko‘rsatkichlari va bog‘chaning jihozlanishi haqida axborot berildi.

Bundan tashqari, shaharning "Surxon sohili" mahallasida 5 qavatli, "Manguzar" mahallasida esa "Yangi Termiz siti" majmuasidagi turar joylar va boshqa obyektlar qurilishi muhokama qilindi. Mutasaddilar tomonidan shahar hududidagi qurilish ishlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

O‘rganishlar davomida Termiz shahrida amalga oshirilayotgan va yangidan boshlangan barcha loyihalarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida tegishli vazifalar prokuratura, qurilish inspeksiyasi va mas’ul boshqarmalarga yuklatildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz va Angor tumanlari hamda Termiz shahrida qurilish loyihalari ijrosi o‘rganilib, yangi vazifalar belgilandi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X