Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣 “BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” – TERMIZ SHAHAR UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Yosh avlod ongida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida chuqur bilim berish, ularni zararli odatlardan himoya qilish maqsadida Termiz shahridagi barcha umumta’lim maktablarida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Tadbirlar doirasida maktablarda ochiq suhbatlar, davra suhbatlari, viktorinalar, namoyishlar, sahna ko‘rinishlari, rasmlar va plakatlar tanlovi, psixologik treninglar hamda mutaxassislar ishtirokidagi davra muloqotlari tashkil etilmoqda.

Tashabbus doirasida Ichki ishlar bo‘limi, maktab psixologlari, tibbiyot xodimlari, mahalla faollari, yoshlar yetakchilari va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ham ishtirok etmoqda. Ular o‘quvchilarga giyohvand moddalar iste’molining jismoniy va ruhiy sog‘liqqa, oila va jamiyatga yetkazadigan salbiy ta’siri, jinoyatchilik va huquqbuzarlik xavfi haqida real misollar orqali tushunchalar bermoqda.

Ayni paytda barcha maktablarda mazkur mavzuga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazmalar, video roliklar namoyishi va interfaol mashg‘ulotlar ham o‘tkazilmoqda. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlarda giyohvandlikka qarshi qat’iy munosabat ifodalangan.

💬Targ‘ibot tadbirlari nafaqat bilim maskanlarida, balki mahalla va jamoat joylarida ham davom etadi.

Ma’naviy barkamol, bilimli va sog‘lom yosh avlodni voyaga yetkazish — barchamizning umumiy burchimizdir!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣NNTLAR BILAN OCHIQ MULOQOT: PF–124-SONLI FARMON IJROSI DOIRASIDA MUHIM QADAM

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, ijtimoiy faollikni oshirish va davlat hamda jamiyat o‘rtasida ochiq muloqot maydonini kengaytirish maqsadida, Prezidentning 2024-yil 12-dekabrdagi PF–124-sonli “Fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Termiz shahrida nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur tadbirda shahar hokimligi vakillari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashi a’zolari, Adliya bo‘limi, OAV vakillari, faol fuqarolar hamda turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan NNTlar ishtirok etdi.

Muloqot davomida Farmon mazmun-mohiyati, unda belgilangan asosiy vazifalar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ularning ijtimoiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, grant ajratish tizimlari, davlat organlari va NNT o‘rtasida ochiqlik va hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda NNT vakillari o‘z faoliyati davomida duch kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdilar. Davlat organlari bilan bevosita muloqotda bo‘lish, o‘z tashabbuslarini ilgari surish va mavjud huquqiy asoslardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Muloqot yakunida Farmon ijrosini samarali ta’minlashda nodavlat sektorning faol ishtirokini rag‘batlantirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilab olindi.

💬Ochiq va samimiy muloqot fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlashga, ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahar || Aholi murojaatlari yechim topmoqda

Aholining turmush farovonligini oshirish, ularni qiynayotgan muammolarga joyida yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi ochiq qabul o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri Qahramon Xolmatov boshchiligida fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarda ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalar bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Har bir murojaat joyida o‘rganilib, tegishli tashkilotlar rahbarlariga muammolarni tezkor hal etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Qayd etish kerakki, bunday qabullar orqali fuqarolarning davlat idoralari bilan bevosita muloqotga kirishish imkoniyati kengaymoqda, eng asosiysi esa, ularning dardiga quloq tutilmoqda va amaliy natijalarga erishilmoqda.

Prezident Xalq qabulxonalari tizimi orqali xalq va davlat o‘rtasida samarali ko‘prik barpo etilmoqda. Ushbu tashabbus doirasida murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilmoqda.

📞 Aholimiz Xalq qabulxonasiga istalgan vaqtda murojaat etishlari, o‘z muammolari va takliflarini bayon qilishlari mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahridagi  “Surxon sport arena”da “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan sport tadbirlari qizg‘in davom etmoqda. Bugun — kurash sport turi bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada tumanning 4 ta sektoridan saralab olingan yosh sportchilar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Bellashuvlar jarayonida ishtirokchilar
orasida sog‘lom raqobat va sportga bo‘lgan katta qiziqish kuzatildi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanib, diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

O‘tgan besh oyda mamlakatimizda sanoat 6,4 foizga o‘sdi, eksport 18 foizga, xorijiy investitsiyalar 46 foizga oshdi. Qiymati 3 milliard dollarlik 2,5 mingdan ziyod yangi quvvatlar ishga tushdi, 2 million 400 ming odam daromadli bo‘ldi.

Lekin kuni kecha dunyoda yana bir mojarolar o‘chog‘i avj olgani nafaqat Yaqin Sharq, balki mintaqamizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Keskinlashuv davom etsa, pandemiyadan keyin endi-endi tiklanayotgan savdo aloqalari va logistika marshrutlari qiyinlashadi.

"Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib borayapti.

Shu bois har bir hokim hududidagi, vazirlar esa tarmog‘idagi imkoniyat va xavflarni oldindan ko‘ra bilib, proaktiv, ya’ni topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart.

Eng muhimi, aholi va biznes
bilan muloqotni yanada kuchaytirib, ular so‘rayotgan masalalarni tez-tez hal qilib berish bu rahbarlarning asosiy vazifasi bo‘lishi zarur",

-
dedi davlatimiz rahbari.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Prezidentimiz vazirlik va hokimliklar ishidagi muammolarni tahlil qildi.

Har bir tumandagi 40 dan ziyod tashkilotda o‘rtacha 500 nafar xodim ishlaydi. Ularning viloyatda idorasi ham, boshlig‘i ham bor.

Ayrim tuman tashkilotlari oddiy-oddiy masalalarni hal qilish uchun viloyatdan, ular esa respublikadan ruxsat olishi kerak.

Masalan, Qumqo‘rg‘on markazidagi temir yo‘lida har kuni 20 marta yopiladigan “shlagbaum” 200 metr nariga ko‘chirilsa, 8 ming avtomobil uchun tirbandlik yo‘qoladi. Lekin, bunga na tuman, na viloyat hokimini vakolati bor. “O‘zbekiston temir yo‘llari”dan ruxsat olish kerak.

Yoki, “Termiz-Sariosiyo” temir yo‘lining yarmi elektrlashmagani uchun elektrovoz 1,5 soat sarflaydigan manzilga teplovozlar 3 soatda borayapti. Shu bois, ko‘pchilik avtomobilda harakatlanmoqda.

Tuman hokimlari va aholi takliflarini eshitib, bu yo‘nalishni oxirigacha elektrga o‘tkazsa, 10 ta tumanni Termiz bilan xavfsiz bog‘lash mumkin, lekin transport vaziri I.Mahkamov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi Z.Narzullayev bunga loqaydligi ko‘rsatib o‘tildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍1
Suv va kanalizatsiya xizmatidan tushgan mablag‘ning 10 foizi tumanlarda qolyapti. Lekin, zarur materiallar tayyor turmagani uchun 2-3 soatda hal bo‘ladigan avariyalar 4-5 kunga cho‘zilayapti. Qachon avariya bo‘lsa, keyin material sotib olinayapti.

Tuman tashkilotlari o‘zini “nazoratchi” deb biladi, aholi og‘irini yengil qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yo‘q!

– dedi Prezidentimiz.

Masalan, Qumqo‘rg‘on tumani karantin bo‘limida 8 nafar inspektor faqat kamchilik bo‘yicha ko‘rsatma, eksportga sertifikat berish bilan shug‘ullanadi, fumigatsiya xizmatini ko‘rsatmaydi.

Ekologiya bo‘limi ham faqat daraxt kesishni nazorat qiladi, lekin “Yashil makon” doirasida qayerga qanday ko‘chat ekish, moliyaviy manbasi bo‘yicha taklif bermaydi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Surxondaryolik yoshlar “Shijoat va g‘ayrat” musobaqasining viloyat bosqichida bellashdi

Qayd etish joizki, ushbu musobaqa joriy yildan boshlab yurtimiz yoshlarining harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlab, ularning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirib bormoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1