🗣NNTLAR BILAN OCHIQ MULOQOT: PF–124-SONLI FARMON IJROSI DOIRASIDA MUHIM QADAM⏺Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, ijtimoiy faollikni oshirish va davlat hamda jamiyat o‘rtasida ochiq muloqot maydonini kengaytirish maqsadida, Prezidentning 2024-yil 12-dekabrdagi
PF–124-sonli “Fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Termiz shahrida nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida
ochiq muloqot tashkil etildi.
⏺Mazkur tadbirda shahar hokimligi vakillari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashi a’zolari, Adliya bo‘limi, OAV vakillari, faol fuqarolar hamda turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan NNTlar ishtirok etdi.
⏺Muloqot davomida Farmon mazmun-mohiyati, unda belgilangan asosiy vazifalar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ularning ijtimoiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, grant ajratish tizimlari, davlat organlari va NNT o‘rtasida ochiqlik va hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
⏺Tadbirda NNT vakillari o‘z faoliyati davomida duch kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdilar. Davlat organlari bilan bevosita muloqotda bo‘lish, o‘z tashabbuslarini ilgari surish va mavjud huquqiy asoslardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
⏺Muloqot yakunida Farmon ijrosini samarali ta’minlashda nodavlat sektorning faol ishtirokini rag‘batlantirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilab olindi.
💬Ochiq va samimiy muloqot fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlashga, ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram