Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.8K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahrida bugun ertalab tongdan “Sog’lom oila uchun birlashaylik” shiori ostida besh ming qadam yurish marafoni bo’lib o’tdi! Tadbirda 150 dan ziyod xotin-qizlar va jamoat vakillari ishtirok etib, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga va bir-birlarini qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratishdi.

Marafonning asosiy maqsadi — oila a’zolari o’rtasidagi mustahkam aloqalarni rivojlantirish, jismoniy faollikni oshirish va sog’likni saqlashdir. Ishtirokchilar har bir qadamda bir-biriga mehr-oqibat ko’rsatib, sog’lom va baxtli hayotga intilishlarini namoyish etdilar. Tadbir shahar aholisi uchun ajoyib bir kayfiyat ulashib, jamiyatdagi birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan onlayn qabuldan so‘ng, Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan "Westminster" o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi.

Markazda asosan o‘quvchi-yoshlar xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qitilmoqda. Viloyat rahbari ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni va tadbirkorning kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishdi. Markaz faoliyatini kengaytirish, fan va kasb kurslari turini oshirish hamda yangi ta’lim loyihalarini amalga oshirish vazifalari belgilab olindi.

Shundan so‘ng, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyati boshqarmalari faoliyati o‘rganildi. Uchrashuv chog‘ida mavjud sharoitlar, xodimlarning mehnat samaradorligi va xizmat faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Ish samaradorligini oshirish, malakali mutaxassislar bilan ta’minlash hamda faoliyatni raqamlashtirish maqsadida xodimlarni planshetlar bilan ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Kurash bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasining shahar bosqichi o‘tkazildi

Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasida  “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan sport tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.

Bugun — kurash sport turi bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada shaharning 4 ta sektoridan saralab olingan yosh sportchilar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Bellashuvlar jarayonida ishtirokchilar orasida sog‘lom raqobat va sportga bo‘lgan katta qiziqish kuzatildi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar Termiz shahar prokurori X.Mamatqulov, Yoshlar ishlari Termiz shahar bo’lim boshlig’i F.Xalmuratov tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM