Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.8K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Surxondaryoda yoshlar oyligiga start berildi

Respublikamiz bo'ylab o‘tkazilayotgan iyun oyi - “Yoshlar oyligi” festivali doirasida Termiz shahrining "San’at saroyi" yozgi amfiteatr maydonida "Vatan turnesi festivali" tashkil etildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Janubi-g’arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda bir guruh o’quvchilarni jalb etgan holda "Yangi O'zbekiston yoshlari - kelajak bunyodkori" shiori ostida "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Shaharlik o‘quvchi-yoshlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Yozgi ta’til davrida maktab o‘quvchilari hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida ilg‘or xorijiy tajribalar asosida "Kasb markazlari" hamda qator ta’lim va sport muassasalarida o‘quvchi-yoshlar uchun fan, sport va kasb to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎀Kashtalar jilosi | Termiz shahar bosqichi

🌸O‘zbek xalqining bebaho madaniy merosi — kashtachilik san’atini targ‘ib etish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yosh avlod qalbida ushbu nozik san’atga bo‘lgan hurmat va mehrni yanada mustahkamlash maqsadida Termiz shahrida “Kashtalar jilosi” nomli shahar bosqichidagi ijodiy-ko‘rgazmali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🌸Tadbir doirasida turli kashtachilik uslublarini o‘zida mujassam etgan badiiy asarlar, milliy naqshlar bilan bezatilgan zamonaviy kiyim-kechaklar, uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda xalq amaliy san’ati namunalarining ko‘rgazmasi tashkil etildi. Qo‘l mehnati bilan yaratilgan ushbu asarlar mehmonlar va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi, ularning har biri yurtimizning boy madaniy merosidan dalolat berib turdi.

🌸 “Kashtalar jilosi” tadbirining Termiz shahar bosqichi o‘zining mazmunan boy va ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksak darajadagi tashkiliy ko‘rinishi bilan ajralib turdi. Bu kabi loyihalar yoshlarimizga milliy qadriyatlarimizni sevish, ularga sadoqat ruhida yashash, shuningdek, ijodkorlik salohiyatini yuzaga chiqarish imkonini yaratmoqda. Tadbir o‘z navbatida xalq amaliy san’atini zamonaviy talablar asosida tiklash va yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida bugun ertalab tongdan “Sog’lom oila uchun birlashaylik” shiori ostida besh ming qadam yurish marafoni bo’lib o’tdi! Tadbirda 150 dan ziyod xotin-qizlar va jamoat vakillari ishtirok etib, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga va bir-birlarini qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratishdi.

Marafonning asosiy maqsadi — oila a’zolari o’rtasidagi mustahkam aloqalarni rivojlantirish, jismoniy faollikni oshirish va sog’likni saqlashdir. Ishtirokchilar har bir qadamda bir-biriga mehr-oqibat ko’rsatib, sog’lom va baxtli hayotga intilishlarini namoyish etdilar. Tadbir shahar aholisi uchun ajoyib bir kayfiyat ulashib, jamiyatdagi birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM