Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.8K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Tailand delegatsiyasida Termizdagi budda yodgorliklari katta qiziqish uyg‘otdi

Tailand Qirolligi Buddaviylar oliy patriarxi o‘rinbosari Siriphrommakhun Phrathepprasitthimon boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatida qadimgi Kushonlar saltanatiga oid Fayoztepa budda monastir ibodatxonasi, Qoratepa budda g‘or ibodatxonalar majmuasi va Zurmala stupasi bilan tanishdi.

Mehmonlarga Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari – viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek To‘rayev viloyatda o‘tmishdan saqlanib qolgan arxeologik yodgorliklar va ularni saqlash, atrofini obodonlashtirib, ko‘kalamzorlashtirish, sayyohlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Termiz shahar prokurori, o‘zining fidokorona mehnati va yuksak mas’uliyati bilan huquqiy sohada salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan Xudoynazar Mamadqulov Panjiyevichning tug‘ilgan kunlari.

Termiz shahar hokimligi jamoasi nomidan hurmatli Xudoynazar Panjiyevichni ushbu qutlug‘ sana — tavallud ayyomlari bilan samimiy muborakbod etamiz.

Xudoynazar Panjiyevich tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli faoliyat e’tirofga loyiqdir. Shahar hududida qonuniylik va tartibni mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan tizimli va samarali ishlar, ayniqsa, fuqarolar bilan ochiq muloqotga tayangan yondashuv, bu boradagi faoliyat samaradorligini ta’minlamoqda.

Xudoynazar Panjiyevich! Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy tinchlik, bardavom kuch-g‘ayrat, sharafli va mas’uliyatli xizmat faoliyatingizda yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi va adolat qaror topish yo‘lida olib borayotgan fidokorona xizmatlaringiz bardavom bo‘lsin!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz tashabbusi va topshiriqlari asosida, yozgi ta’til davrida maktab o‘quvchilari hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida ilg‘or xorijiy tajribalar asosida umumta’lim maktablarida "Kasb markazlari" faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugun mazkur markazlar o‘z faoliyatini boshladi.

Xususan, Termiz shahar politexnikumida tashkil etilgan "Kasb markazi"da o‘tkazilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yaratilgan shart-sharoitlar, kurs va to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, videokonferensaloqa orqali hududlardagi yana 15 ta markaz faoliyatiga rasman start berildi.

"Kasb markazlari"da quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilgan:

hunarmandchilik, kulolchilik, yog‘och va metall o‘ymakorligi;
sartaroshlik, robototexnika, oshpazlik va qandolatchilik;
karving san’ati, tikuvchilik va kiyim dizayni;
fotografiya, videotasvirga olish, grafik dizayn va gulchilik;
duradgorlik, avtotrinajyor, kibersport va ot sporti;
SMM (Social Media Marketing) — Instagram, TikTok, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratish, reklama va targ‘ibot strategiyalari.

Viloyat hokimi to‘garaklar faoliyati bilan tanishib, mas’ullarning axborotlarini tingladi hamda o‘quvchi yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda to‘garaklar sonini yanada oshirish bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.
🗣Bugun Termiz shahar yozgi kasblar markazining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

💬Batafsil: https://t.me/termizshh/49073

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM