Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.8K photos
4.9K videos
70 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Vohamizning barcha hududlarida Qurbon hayitining birinchi kuni shodu xurramlik va shukronalik kayfiyatida boshlandi.

Muborak kunning erta tongidan viloyatimizdagi 133 ta jome masjidlarida hayit namozi o‘qildi. Unda 195 mingdan ortiq namozxon saodatli kun ibodatini ado etdi. Xususan, Termiz shahridagi Hakim Termiziy jome masjidi ham erta tongdan yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo‘ldi.

Qurbon hayiti namozini ado etish uchun kelgan musulmonlar tinch-osuda va farovon hayotga shukrona aytib, elimizga tinchlik-xotirjamlik, omonlik, qut-baraka tilab duoga qo‘l ochdi.

Shuningdek, xayru-saxovat ayyomida viloyatimizning shahar va tumanlarida ko‘makka muhtoj, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yakka yolg‘iz keksalar, uyda yotib qolgan bemorlar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari hamda bayram sovg‘alari yetkazib berilmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida, jumladan Termiz shahrida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari, yo‘l va piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash, yangilarini qurish hamda ular atrofida yashil hududlar barpo etish ishlari izchil davom etmoqda.

Bugun viloyat hokimi shaharning chekka hududlarida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi, obodonlashtirish ishlari va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rgandi.

Tashrif davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi hamda infratuzilmani yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejalashtirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatida Prezidentimizning tunu-kun faoliyat yuritadigan ko‘chalarni tashkil etish, shu orqali turizm, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha belgilab bergan topshiriqlari asosida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bugun mazkur loyihalarning ijrosi o‘rganilib, yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishildi.

Xususan, Termiz shahridagi "Movaro" turar-joylar majmuasi yonida joylashgan bo‘sh maydonda "Yoshlar va turizm" ko‘chasini tashkil etish ishlari ko‘zdan kechirildi. Ushbu hududda tasdiqlangan namunaviy loyiha asosida yengil konstruksiyali, aholi uchun qulay va shahar ko‘rkini ochuvchi savdo hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalari barpo etilgan.

Shuningdek, Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sholini qayta ishlash korxonalari tashkil etish, qamishdan DSP ishlab chiqarish, "Navro‘z" mahallasida "Mahalla guzari" barpo etish, hamda "Do‘stlik" mahallasidan o‘tuvchi kollektorni zamonaviy tarzda yopib, tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan ko‘cha qurish ishlari o‘rganildi.

Bundan tashqari, "Do‘stlik" mahallasining o‘zida saylgoh barpo etish loyihasi taqdimot qilindi va qurilish ishlariga start berildi.

Viloyat rahbari tomonidan taqdim qilingan loyihalarni yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi hamda qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Gʻalabaga bag‘ishlanadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Shu munosabat bilan, 10-iyun kuni soat 18:00da Termiz shahri "Surxon Arena" stadionida bu ulkan yutuqni yoshlar bilan birgalikda nishonlash maqsadida hamda Jahon chempionati guruh bahsining so'ngi uchrashuvi "O'zbekiston" va "Qatar" o'rtasidagi uchrashuvni katta monitorda tomosha qilishingiz mumkin. Tadbirga kirish barcha uchun mutlaqo BEPUL.

“Salom, Mundial!” maxsus dasturi doirasida Viloyatimizning yoshlari uchun futbol namoyishlari, konsert dasturi va taniqli san’atkorlar ishtirokida ajoyib kecha bo‘lib o‘tadi.

Loyiha Surxondaryo viloyati hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida tashkil etilmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM