⏺Surxondaryo viloyatida Prezidentimizning tunu-kun faoliyat yuritadigan ko‘chalarni tashkil etish, shu orqali turizm, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha belgilab bergan topshiriqlari asosida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
⏺Bugun mazkur loyihalarning ijrosi o‘rganilib, yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishildi.
⏺Xususan, Termiz shahridagi "Movaro" turar-joylar majmuasi yonida joylashgan bo‘sh maydonda
"Yoshlar va turizm" ko‘chasini tashkil etish ishlari ko‘zdan kechirildi. Ushbu hududda tasdiqlangan namunaviy loyiha asosida yengil konstruksiyali, aholi uchun qulay va shahar ko‘rkini ochuvchi savdo hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalari barpo etilgan.
⏺Shuningdek, Muzrabot tumanida
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va
sholini qayta ishlash korxonalari tashkil etish, qamishdan
DSP ishlab chiqarish, "Navro‘z" mahallasida
"Mahalla guzari" barpo etish, hamda "Do‘stlik" mahallasidan o‘tuvchi
kollektorni zamonaviy tarzda yopib, tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan ko‘cha qurish ishlari o‘rganildi.
⏺Bundan tashqari, "Do‘stlik" mahallasining o‘zida
saylgoh barpo etish loyihasi taqdimot qilindi va qurilish ishlariga start berildi.
⏺Viloyat rahbari tomonidan taqdim qilingan loyihalarni yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi hamda qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram