Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.8K photos
4.9K videos
70 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣DXX kubogi musobaqasining Termiz shahar bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

Termiz shahrida sport va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirishga qaratilgan Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun o‘tkazilgan musobaqalarning shahar bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Musobaqada ishtirok etgan jamoalar o‘zaro kuch sinashib, sportga bo‘lgan ishtiyoq, jismoniy tayyorgarlik va yuksak intizom orqali ko‘plab tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘zining jamoaviy uyg‘unligi, chaqqonligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishi bilan ajralib turgan jamoalar faxrli o‘rinlarni egallab, diplom, kubok hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida shahar hokimi Sh.Lolayev so’zga chiqib, musobaqaning yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularni huquqbuzarlik va salbiy illatlardan asrashdagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

Ushbu musobaqa Termiz shahridagi yoshlarda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jismoniy tarbiya va harbiy-vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Gʻolib jamoalar endilikda viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi. Ularga kelgusi bosqichda ham omad va zafarlar tilaymiz!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Prezidentimiz futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli farzandlarim!


Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash o‘yinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini ko‘rsatib, tom ma’noda ulkan g‘alabaga erishganingiz – Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

➡️ Tabrikni batafsil o'qing!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Prezident Shavkat Mirziyoyev Ab-u-Dabidagi (BAA) o‘yindan so‘ng futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga qo‘ng‘iroq qilib, ularni tarixiy yutuq - ilk bor jahon chempionatiga chiqqani bilan samimiy tabrikladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Vohamizning barcha hududlarida Qurbon hayitining birinchi kuni shodu xurramlik va shukronalik kayfiyatida boshlandi.

Muborak kunning erta tongidan viloyatimizdagi 133 ta jome masjidlarida hayit namozi o‘qildi. Unda 195 mingdan ortiq namozxon saodatli kun ibodatini ado etdi. Xususan, Termiz shahridagi Hakim Termiziy jome masjidi ham erta tongdan yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo‘ldi.

Qurbon hayiti namozini ado etish uchun kelgan musulmonlar tinch-osuda va farovon hayotga shukrona aytib, elimizga tinchlik-xotirjamlik, omonlik, qut-baraka tilab duoga qo‘l ochdi.

Shuningdek, xayru-saxovat ayyomida viloyatimizning shahar va tumanlarida ko‘makka muhtoj, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yakka yolg‘iz keksalar, uyda yotib qolgan bemorlar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari hamda bayram sovg‘alari yetkazib berilmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM