Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.8K photos
4.9K videos
70 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
1,2 МИЛЛИОН ОИЛАГА МОДДИЙ ЁРДАМ!

🟡 Энергетика тарифлари ислоҳотларининг кам таъминланган оилаларга таъсирини юмшатиш мақсадида 2024-2025 йилги иситиш мавсумида давлат томонидан КЕНГ ҚАМРОВЛИ ИЖТИМОИЙ ЁРДАМ кўрсатилди:

🔹 313,6 млрд сўм — бир марталик моддий ёрдам ва компенсациялар тўлаб берилди.

🔹 2024 йил ноябрь ойида
👉 “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри” орқали
👉 1,1 млн оилага
👉 ҳар бирига 270 минг сўмдан, жами 290 млрд сўм ёрдам берилди.
(950 минг оила + маҳалла еттилиги таклифи асосидаги қўшимча рўйхат)

🔹 Декабрдан апрелгача
👉 Табиий газ ва электр учун тариф фарқига
👉 207 962 оилага
👉 23,3 млрд сўм компенсация ажратилди.

📊 Энг кўп моддий ёрдам берилган ҳудудлар:
● Фарғона вилояти – 40,6 млрд сўм
● Қашқадарё вилояти – 37,3 млрд сўм
● Наманган вилояти – 35,2 млрд сўм

💡 Бу ёрдамлар оилаларнинг электр ва газ харажатларини енгиллаштириш, молиявий қийинчиликларни камайтиришга хизмат қилмоқда.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxon
📊Surxondaryo viloyati bo‘yicha olingan tuxum hajmi qancha?

🗣Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 127,6 mln. dona tuxum (2024-yilning yanvar-martiga nisbatan 9,5 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

Surxondaryo viloyati bo‘yicha olingan tuxum hajmi, ming dona

🔷Termiz
- 25 971
🔷Denov - 23 210
🔷Jarqo'rg'on - 22 265
🔷Muzrabot - 10 864
🔷Sherobod - 9 301
🔷Qumqo'rg'on - 7 795
🔷Sariosiyo - 6 774
🔷Uzun - 4 727
🔷Sho'rchi - 4 162
🔷Angor - 4 062
🔷Boysun - 2 937
🔷Oltinsoy - 1 892
🔷Qiziriq - 1 366
🔷Bandixon - 1 131
🔷Termiz sh - 1 099

🥚Tuxum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, tuxum ishlab chiqarish umumiy hajmidan 48,8 % i qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar hissasiga to‘g‘ri keldi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlari bilan xalqimizning bag‘rikenglik va qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida "Qurbon hayiti" (Eid al-Adha) munosabati bilan Afg‘oniston aholisiga 183 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yordami yuklari Balx viloyatiga yetkazildi.

Insonparvarlik yuklari Hayraton shahridagi "Astras" kompaniyasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris, shuningdek, ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirildi.

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan.

Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llashdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣YOZGI TА’TIL – YANGI BOSQICH IMKONIYATLАR!

Termiz shahri yoshlari!

💬Siz uchun ajoyib yangilik bor! Yozgi ta’tilni mazmunli, sermahsul va kelajagingizga xizmat qiladigan tarzda o‘tkazmoqchimisiz? Unda “Dolzarb 90 kun” loyihasida ishtirok eting va o‘zingizni mutlaqo yangi sohalarda sinab ko‘ring!

Loyihaning asosiy maqsadi:
Yoshlar o‘rtasida zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, ijodiy fikrlashni kengaytirish hamda raqamli dunyoda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish.

🧑‍💻👩‍💻 Nimalarni o‘rganasiz?

SMM (ijtimoiy tarmoqlarni boshqarish va brend yuritish)
Foto va video suratga olish, montaj qilish asoslari
Kontent tayyorlash, matnli va vizual mahsulotlar yaratish
Blog yuritish va shaxsiy brending
Ommaviy axborot vositalari bilan ishlash ko‘nikmalari

Ustozlar esa – o‘z sohasining eng ilg‘or, ijodkor, tajribali vakillari:

🎤 jurnalistlar,
📷 blogerlar,
🎬 tasvirchilar,
📢 matbuot kotiblari!

🔹 Darslar — mutlaqo bepul
🔹 Har bir ishtirokchiga — amaliy mashg‘ulotlar, treninglar, motivatsion uchrashuvlar
🔹 Faollarga — sertifikatlar va tavsiyanomalar
🔹 Eng yaxshi ishtirokchilarga — sovg‘alar va media loyihalarda ishtirok etish imkoniyati

📞 Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi raqamga murojaat qiling:
+998 88 844 20 04

📍 Hayotingizdagi yangi bosqich shu yerda boshlanishi mumkin!
🔔 Joylar soni chegaralangan – imkoniyatni boy bermang!

➡️ E’lonni do‘stlaringiz bilan bo‘lishing, ularni ham ushbu foydali loyihaga taklif eting! Birgalikda o‘sish va rivojlanish har doim samaraliroq!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM