Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🎀Ayollarga ehtirom – yurakdan kuylangan tarona

🌸Termiz shahri San’at saroyida viloyatimiz ayollariga bag‘ishlab yuksak ruhda tashkil etilgan bayramona gala konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

🌸Ushbu tantanali kechada viloyatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan ayollar, xususan, ehtiyojmand, og‘ir ijtimoiy toifadagi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillari ishtirok etdilar. Ular uchun tashkil etilgan konsert dasturi ko‘ngillarni ko‘tardi, qalblarni quvontirdi. Ular uchun professional motivatorlar, psixologlar, marketologlar hamda "Kuch va ishonch" loyihasi rahbarlari tomonidan ilhomlantiruvchi ma’ruzalar va amaliy maslahatlar taqdim etildi.

🌸Tadbirning bosh mehmoni – yurtimizda katta hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lgan, elimiz suygan san’atkor Ravshan Komilov bo‘lib, u kechaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. U ijro etgan kuy-qo‘shiqlar, yurakdan chiqqan so‘zlar va hayotiy ohanglar barcha ishtirokchilarning qalbiga iliqlik olib kirdi.

🌸Ayollarimizga nisbatan e’tibor va ehtirom, ularning jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish borasidagi bunday tashabbuslar — ezgulik va mehr-oqibat ramzidir. San’atning sehrli kuchi orqali bunday tadbirlar jamiyatda ijobiy kayfiyat, umid va mehr-muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlaydi.

🎀Ayolni qadrlagan jamiyat – baxtli jamiyatdir.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣 Yozgi sog'lomlashtirish oromgohlari bolajonlarga o‘z quchog‘ini ochdi

Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 6-, 14-, 16-, 21-, 26-sonli umumta'lim maktablarida ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni jismonan va ruhan sog‘lom voyaga yetkazish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan kunduzgi sog'lomlashtirish oromgohlari bugundan ish faoliyatini boshladi.

Jami 5 ta maktabda tashkil etilgan ushbu yozgi oromgohlarga jami 550 nafarga yaqin o'quvchilar jalb qilinib, bolalar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazmoqda.

Mazkur kunduzgi oromgohlarda bolalarning vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, oromgohlar faoliyati 2-iyundan 13-iyunga qadar davom etadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta'limi tasarrufidagi 9-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligining 2025-yil 30-apreldagi 143-sonli, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2025 yil-14-maydagi 109-sonli hamda Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining 397-sonli buyruqlari ijrosi bo'yicha "Stop korrupsiya heshtegi" chellenji.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi tadbirlar qizg‘in davom etyapti.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM