🎀Ayollarga ehtirom – yurakdan kuylangan tarona🌸Termiz shahri San’at saroyida viloyatimiz ayollariga bag‘ishlab yuksak ruhda tashkil etilgan bayramona gala konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
🌸Ushbu tantanali kechada viloyatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan ayollar, xususan, ehtiyojmand, og‘ir ijtimoiy toifadagi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillari ishtirok etdilar. Ular uchun tashkil etilgan konsert dasturi ko‘ngillarni ko‘tardi, qalblarni quvontirdi. Ular uchun professional motivatorlar, psixologlar, marketologlar hamda "Kuch va ishonch" loyihasi rahbarlari tomonidan ilhomlantiruvchi ma’ruzalar va amaliy maslahatlar taqdim etildi.
🌸Tadbirning bosh mehmoni – yurtimizda katta hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lgan, elimiz suygan san’atkor Ravshan Komilov
bo‘lib, u kechaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. U ijro etgan kuy-qo‘shiqlar, yurakdan chiqqan so‘zlar va hayotiy ohanglar barcha ishtirokchilarning qalbiga iliqlik olib kirdi.
🌸Ayollarimizga nisbatan e’tibor va ehtirom, ularning jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish borasidagi bunday tashabbuslar — ezgulik va mehr-oqibat ramzidir. San’atning sehrli kuchi orqali bunday tadbirlar jamiyatda ijobiy kayfiyat, umid va mehr-muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlaydi.
🎀Ayolni qadrlagan jamiyat – baxtli jamiyatdir.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram