🗣“Dolzarb to‘qson kunlik” doirasida ezgu tashabbuslar davom etmoqda⏺Termiz shahrida “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida ezgulik va mehr-oqibatni ulug‘lovchi tashabbuslar izchil amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, jamiyat e’tiboridan chetda qolmasligi lozim bo‘lgan ehtiyojmand oilalar va ularning farzandlariga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani tahsinga loyiqdir.
⏺1-iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Termiz shahridagi “Serenada” tantanalar saroyida yuksak darajada tashkil etilgan yana bir ezgu tadbir – sunnat to‘yi marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 500 nafarga yaqin mehmon – nuroniy otaxon-u onaxonlar, mahalla faollari, yoshlar, turli soha aholi vakillari ishtirok etdilar.
⏺Tadbir davomida 40 nafar ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun keng ko‘lamli sunnat to‘yi tashkil etilib, har bir bolajonning qalbida unutilmas xotiralar qoldi. Marosim davomida yurtimizga taniqli san’atkorlar, jumladan, Toshkent shahridan tashrif buyurgan el suygan ijodkorlar ham ishtirok etib, o‘z chiqishlari bilan tadbirga bayramona ruh bag‘ishladilar.
⏺Ushbu xayrli ish orqali mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va milliy qadriyatlarimiz yana bir bor ulug‘landi. Ayniqsa, bolajonlarning yuzidagi tabassum, ota-onalarning duosi va xalqimizning bir yoqadan bosh chiqarib ko‘rsatgan birdamligi – bu tashabbusning eng yuksak samarasidir.
⏺Shunday ezgu amallar davomli bo‘lsin! Birlik va hamjihatlikda yurtimizning har bir go‘shasida yana-da ko‘proq xursandchilik, farovonlik va baxtiyorlik hukm sursin!
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram