Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Termiz shahar hududida reklamalarni tartibga solish ishlari davom etmoqda

Termiz shahar hokimligi Ishchi guruhi a’zolari tomonidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda shahar hududining Taraqqiyot hamda Shukrona kochalaridagi noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalari, axborot yozuvlari, e’lonlar, peshlavhalar, tashqi reklama bannerlari demontaj qilindi.

Hurmatli tadbirkorlar!!! Tashqi axborot yozuvlari, e’lonlar, peshlavhalarning, reklama qurilmalarini o‘rnatishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori talablariga rioya etishingiz so‘raladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Rasman: 2025-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun – juma kuni nishonlanadi

Prezident “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun – juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 6-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Olti kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun 2025-yil 7-iyun (shanba) kuni qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Yurtimiz kelajagini bunyod etadigan yosh avlod maktabda tarbiyalanadi – shuning uchun har bir sinf xona, maktab hovlisi farzandlarimiz orzulari boshlanadigan muqaddas maskan bo‘lishi kerak.” — Sh.Lolayev

Bugun Termiz shahar hokimi Sh.Lolayev 9-maktabda shahardagi barcha umumta’lim maktablar direktorlari va mas’ul mutasaddilari ishtirokida muhim yig‘ilish o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida shahar hokimi 9-maktabda olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini xonama-xona kirib, shaxsan o‘rganib chiqdi. U maktab binosining holati, ta’lim-tarbiya jarayonlari uchun yaratilayotgan sharoitlar va xavfsizlik choralari yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berdi.

Yangi 2025–2026-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Termiz shahridagi 26 ta umumta’lim maktabi uchun jami 400 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash materiallari taqdim etildi. Ushbu tashabbus ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga munosib holatga keltirishga xizmat qiladi.

Shahar hokimi har bir maktabga alohida tashrif buyurib, tayyorgarlik holatini shaxsan o‘rganishini ta’kidladi. Shu bilan birga, u maktab hududlari, ayniqsa hovlilarning obodonlashtirilishi, yashil maydonlar va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratish lozimligini mutasaddilarga qat’iy takidlab o’tdi.

Ushbu tashrif ta’lim tizimida sifatli muhit yaratish va o‘quvchilarga qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan izchil islohotlarning yana bir amaliy ifodasidir.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM