🗣Termiz shahar | Hokim va yoshlar uchrashuvi⏺Ayni daqiqalarda Termiz shahar hokimi Sh.Lolayev ishtirokida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” bo’lib o’tmoqda. Tadbirda shahar bo‘yicha 150 nafardan ortiq faol, fidokor va tashabbuskor yoshlar ishtirok etmoqda.
⏺Uchrashuvdan asosiy maqsad — yoshlar bilan ochiq, samimiy suhbat qurish, ularning tashabbus va muammolarini tinglash, taklif va fikr-mulohazalari asosida amaliy chora-tadbirlar belgilashdan iborat.
⏺Shuningdek, uchrashuv davomida shahar hokimi yoshlarning ta’lim olishi, ish bilan bandligi, “Start up” va innovatsion g‘oyalari, shuningdek, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga doir masalalarni muhokama qilmoqda.
⏺Mazkur uchrashuv yoshlar bilan bevosita muloqot olib borish orqali ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi tashabbuslarga ilhomlantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram