Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.92K subscribers
37.9K photos
4.94K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari tantanali ruhda nishonlanmoqda. "Ilm – eng ulug‘ sharaf!" shiori ostida ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori kayfiyatda tashkil etildi.

Termiz shahar hokimi Sh.Lolayev Termiz shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi. Tadbir davomida hokim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

O‘z nutqida shahar hokimi bitiruvchi yoshlarni maktabni muvaffaqiyatli tugatgani bilan tabriklab, ularga katta hayot ostonasida omad va muvaffaqiyat tiladi. Shu bilan birga, yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlash, ulardan unumli foydalanish va Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish singari ezgu maqsadlar sari intilishga chaqirdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Bugun barcha maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” yangramoqda

Ana shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasiga biriktirilgan Termiz shahridagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari, maktab o‘qituvchilari, ota-onalar, o‘quvchilar hamda boshqa mehmonlar ishtirok etishdi.

Dastlab, 11-sinf bitiruvchilariga davlatimiz rahbarining tabrik so‘zi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng, Bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X. Xalbayev bitiruvchilarni katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgani bilan tabrikladi.

Tadbir o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan she’r va kuy-qo‘shiqlar bilan yanada ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.

Tadbir yakunida 11-sinf bitiruvchilari so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangi ostida kuzatib qo‘yildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM