Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.92K subscribers
37.9K photos
4.94K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahriga yangi hokim tayinlandi

Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiya ishida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, shaharni har tomonlama rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. To‘rayev O‘ktam Ismailovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Termiz shahri hokimi lavozimidan ozod qilindi. Viloyat rahbari taklif etgan nomzod – Lolayev Sharofiddin Usanovich deputatlar tomonidan Termiz shahri hokimi etib tasdiqlandi.

Sharofiddin Lolayev 1987-yilda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2015-yilda Termiz davlat universitetini bakalavr, 2021-yilda magistr darajasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, bosh inspektori, birinchi o‘rinbosari, shuningdek, Denov tumani va Termiz shahar hokimining o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Sessiyada viloyat rahbari yangi hokimga Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish yuzasidan vazifalarni yukladi hamda yangi lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣So’z sizga” tok-shousi

💬Siz “halollik vaksinasi” bilan emlanganmisiz?

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Rasmiy munosabat: Tegishli reja asosida bajarilayotgan ishlarni ma’lum bir sabab bilan bog‘lash bo‘htondan boshqa narsa emas!

So‘ngi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va boshqa rejali ishlarni Prezident tashrifi bilan bog‘lab, asossiz va chalg‘ituvchi ma’lumotlar tarqatish holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, ba’zi kanallar tomonidan go‘yoki tashrif arafasida yo‘lbo‘yidagi xonadonlarga quyosh panellari o‘rnatilib, keyin yechib olinishi haqidagi asossiz xabarlar tarqatildi. Ma’lumot uchun: 2025-yil davomida viloyatda 4 410 ta obyektga 38,9 mVt quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, bu ishlar Prezident va Hukumat qarorlariga asosan, bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Ayni paytgacha 466 ta obyektda 14,6 mVt quyosh panellar o‘rnatildi. Shu jumladan, 181 ta ijtimoiy soha obyekti, 91 ta tadbirkorlik subyekti va 187 ta xonadon qamrab olingan. Quyosh panellari orqali ortiqcha ishlab chiqarilgan energiya uchun 1 230 ta yuridik shaxsga 2,49 mlrd so‘m, 1 183 ta aholi xonadoniga 450,6 mln so‘m to‘lab berilgan.

Obodonlashtirish ishlari va quyosh panellari o‘rnatish faqat tashrif munosabati bilan emas, balki, aniq dasturlar asosida, aholi hayot sifatini yaxshilash, tozalik va barqaror energiyani ta’minlash maqsadida muntazam amalga oshirilmoqda.

Jamoatchilikni tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka, faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqiramiz. Asossiz ma’lumotlar tarqatayotgan manbalarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi bo‘yicha tegishli organlarga murojaat etilishini ma’lum qilamiz.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahar | “Mediatsiya xonasi” va “Ona va bola xonasi” tashkil etildi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahar | “Mediatsiya xonasi” va “Ona va bola xonasi” tashkil etildi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Termiz shahar hokimligi: “Farhod” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi;

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termiz filiali: shifokor oftalmolog;

Surxondaryo viloyat ko'p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi: Shifokor (vrach)-mutaxassis (jarrohdan (vrach-xirurgdan) tashqari barcha mutaxassisliklar);

Surxondaryo viloyat ko'p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi: Endoskopist vrachi;

Surxondaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi: Vrach nevropatolog;

❗️Arizalar 27.05.2025-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM