🗣Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqoti birinchi yig‘ilishi yakunlandi
⏺Termizdagi "Termiz" xalqaro savdo markazi erkin savdo zonasida
19-21-may kunlari "
Tinchlik, do‘stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish" mavzusida
Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqoti birinchi yig‘ilishi o‘z yakuniga yetdi.
⏺Uch kun davom etgan muloqotda mahalliy hamda Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa, MDH, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Amerika, Yaqin Sharq mamlakatlaridan
200 ga yaqin siyosiy-iqtisodiy va biznes doiralar vakillari, moliya institutlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar a’zolari, shuningdek, dunyoning turli tahliliy hamda ilmiy-tadqiqot markazlarining nufuzli ekspertlarini ishtirok etdi.
⏺Birinchi yig‘ilish davomida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi
mintaqalararo hamkorlikning joriy holati va istiqbollari,
xavfsizlik,
barqarorlik va izchil rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda
xususiy sektor va moliyaviy tuzilmalarning rolini kengaytirish masalalari yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, fikrlar almashildi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram