Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.94K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Termiz o‘tmishdagi dovrug‘ini qayta tiklamoqda

Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotiga tashrif buyurgan delegatlar Termiz shahridagi Arxeologiya muzayi bilan yaqindan tanishdi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🗣Xotin-qizlar o‘rtasida viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyatida Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan, shahar va tuman bo‘limlari xodimlari, shuningdek, xotin-qizlar faollari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Rahbar kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqada viloyatning barcha hududlaridan 15 ta terma jamoa ishtirok etib, viloyat birinchiligi uchun murosasiz va qizg‘in bellashuvlarda qatnashdi.

💬Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇 1-o‘rinni – Denov tumani jamoasi;
🥈 2-o‘rinni – Termiz shahri jamoasi;
🥉 3-o‘rinni – Qiziriq tumani jamoasi qo'lga kiritdi.

G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Viloyat birinchiligini qo‘lga kiritgan Denov tumani jamoasi 24–25-may kunlari o‘tkaziladigan Respublika bosqichida Surxondaryo viloyati sharafini himoya qiladi.

Mazkur musobaqa xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏2
🗣Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqoti birinchi yig‘ilishi yakunlandi

Termizdagi "Termiz" xalqaro savdo markazi erkin savdo zonasida 19-21-may kunlari "Tinchlik, do‘stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish" mavzusida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqoti birinchi yig‘ilishi o‘z yakuniga yetdi.

Uch kun davom etgan muloqotda mahalliy hamda Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa, MDH, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Amerika, Yaqin Sharq mamlakatlaridan 200 ga yaqin siyosiy-iqtisodiy va biznes doiralar vakillari, moliya institutlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar a’zolari, shuningdek, dunyoning turli tahliliy hamda ilmiy-tadqiqot markazlarining nufuzli ekspertlarini ishtirok etdi.

Birinchi yig‘ilish davomida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikning joriy holati va istiqbollari, xavfsizlik, barqarorlik va izchil rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda xususiy sektor va moliyaviy tuzilmalarning rolini kengaytirish masalalari yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, fikrlar almashildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM