🗣Termiz o‘tmishdagi dovrug‘ini qayta tiklamoqda⏺Termizdagi “Termiz” xalqaro savdo markazi erkin savdo zonasida “Tinchlik, do‘stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish" mavzuida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqoti birinchi yig‘ilishining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
⏺Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori E.Aripov, Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov O‘zbekiston keyingi yillarda dunyoda ochiq, pragmatik siyosat olib borayotgani mamlakatni har taraflama yuksaltirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.
⏺Qadimdan Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘zbekiston o‘tmishdagi dovrug‘ini qayta tiklab, Markaziy va Janubiy Osiyoni birlashtirishda muhim koridor vazifasini bajarish yo‘lida ishonchli qadam tashlayotgani qayd etildi. Forum ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/721606🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram