Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38K photos
4.94K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlardagi o‘rganishlarini Termiz shahrida davom ettirdi.

Dastlab, Manguzar mahallasida joylashgan "Yangi Termiz city" va Saxovat mahallasining "Termiz biznes sity" majmualarida olib borilayotgan zamonaviy qurilish ishlari, jumladan, ko‘p qavatli uy-joylar, mehmonxonalar, savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari qurilishi ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan qurilish ishlari to‘g‘risida mas’ullarning hisoboti tinglandi.

Shundan so‘ng Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali uchun mo‘ljallangan 1 500 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi va jihozlanishi holati ko‘zdan kechirildi.

Avvalgi o‘rganishlarda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatga alohida e’tibor qaratish hamda mazkur o‘quv binolarini ikki hafta muddatda foydalanishga topshirish vazifasi belgilandi.

Shu bilan birga, Termiz tumanidagi "Yangiobod" mahallasida qurilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivi va ushbu hududdagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ham ko‘rib chiqildi. Loyiha pudratchilari va soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi.

Ushbu yirik loyihalarning amaliyotga tatbiq etilishi Termiz shahri va Termiz tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
“Онлайн-платформа ва веб-сайтлар фойдаланувчиларининг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш тўғрисида”ги қонун лойиҳаси муҳокамаси давом этмоқда!

🖋 Агарда Сиз –

🔘аниқ тоифаланган 12 та ноқонуний контентдан ҳимояланишни;

🔘ёлғон ахборот тарқатилишини олдини олишни;

🔘шахсий маълумотларингиз муҳофазаланишини;

🔘ижтимоий тармоқларда блогер ёки инфлюенсер сифатида хавфсиз фаолият юритишни;

🔘Интернет орқали даромад олишни;

🔘болаларни зарарли ахборотдан сақлашни истасангиз, бефарқ бўлманг! Қонун лойиҳаси
муҳокамасида фаол иштирок этинг!

📌 Эслатиб ўтамиз, қонун лойиҳаси муҳокамаси жорий йил 27 майга қадар давом этади.


🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

Жанубда тинчлик, дўстлик ва фаровонлик улуғланадиган Термиз мулоқотининг асосий йиғилиши бўлиб ўтмоқда.


🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriyaning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🗣TAYINLOV

Ro‘ziqulov Sirojiddin Aktamovich Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrugʼiga asosan, Surxondaryo viloyati Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1982-yil Termiz shahrida tugʼilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 2004-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi – tarix fani o‘qituvchisi.


Sirojiddin Ro‘ziqulov mehnat faoliyati davomida ta'lim-tarbiya tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥1
🗣Termiz o‘tmishdagi dovrug‘ini qayta tiklamoqda

Termizdagi “Termiz” xalqaro savdo markazi erkin savdo zonasida “Tinchlik, do‘stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish" mavzuida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqoti birinchi yig‘ilishining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori E.Aripov, Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov O‘zbekiston keyingi yillarda dunyoda ochiq, pragmatik siyosat olib borayotgani mamlakatni har taraflama yuksaltirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Qadimdan Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘zbekiston o‘tmishdagi dovrug‘ini qayta tiklab, Markaziy va Janubiy Osiyoni birlashtirishda muhim koridor vazifasini bajarish yo‘lida ishonchli qadam tashlayotgani qayd etildi. Forum ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/721606

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3