Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bugun Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida Savdo-sanoat palatasi hamda Kichik biznes uyushmasi tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan 300 nafardan ortiq kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar, soliq xizmati, bank tizimi, yer resurslari hamda huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etib, tadbirkorlarning fikr va takliflarini tingladilar.

Muloqot davomida tadbirkorlar yer ajratish va mulkni rasmiylashtirish, imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalanish, debitor qarzdorliklarni undirish, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish kabi dolzarb masalalarni ko‘tardilar.

Mas’ullar har bir murojaat yuzasidan huquqiy va amaliy tushuntirishlar berib, ayrim muammolarni joyida hal etishdi. Shu bilan birga, respublika darajasida ko‘rib chiqishni talab etuvchi takliflar alohida qayd etildi va belgilangan tartibda yuborilishi belgilandi.

Bunday muloqotlar tadbirkorlikni rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularga samarali yechim topish, shuningdek, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍2
Oila – qalbimizning qo‘rg‘oni, hayotimizning tayanchi.

Har bir inson uchun oila – bu mehr, tarbiya, baxt va komillik manbai. Oila bizni insoniy fazilatlar bilan bezaydi, yuragimizni yaxshilikka chorlaydi, ko‘nglimizga ishonch va taskin baxsh etadi. Ayniqsa, Ibratli oila maqomiga sazovor bo‘lish – bu nafaqat shaxsiy yutuq, balki jamiyatga, kelajak avlodga qoldiriladigan bebaho merosdir.

Bugun Termiz shahrida aynan shunday namunali, fidoyi, mehr-oqibatli oilalar “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu – ularning yillar davomida o‘zaro hurmat, fidoyilik va oila qadriyatlariga sadoqat bilan yashab kelgan hayot yo‘lining e’tirofidir.

Oila – baxt kaliti. Uni asrang, qadrlang, ardoqlang.

Chunki oila – bu yuraklar uyg‘unligi, qalblar birdamligi. Uni asrab-avaylash, uni qadrlash, har kuni unga mehr bag‘ishlash – har birimizning muqaddas burchimizdir. Har bir oila – ibrat bo‘lsin, har bir yurakda muhabbat, mehr va totuvlik yashasin.

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Ishchi guruh o‘rganishlari davom etmoqda.

Respublika ishchi guruhi a’zosi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi mas’ul hodimi S.Mirzayev tomonidan Termiz shahar "Manguzar" mahallasi yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla "Ombor daftari" da belgilangan vazifalar, bandlik dasturi, mahalla bankiri tomonidan amalga oshirilayotgan mikroloyixalar o‘rganildi.

Mahallaning obodonlashtirish ishlari, infratuzilmasini yaxshilash borasida takliflar berildi.

Mahallani Ishsizlikdan, kambag‘allikdan, oilaviy ajrimdan, jinoyatchilikdan va migratsiyadan holi hududga aylantirish borasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi, aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan tegishli takliflar berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari, Xalq qabulxonasi mudiri U. Muhammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh Termiz shahar Bog‘ishamol mahallasida bo‘ldi.

Tadbir davomida fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlari o‘rganildi va o‘z vaqtida xal etildi.

Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganishlar davom etmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
1