Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Vazir o‘rinbosari Termiz shahridagi texnikumda yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi

13-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Surxondaryo viloyatiga xizmat safari doirasida Surxondaryo transport va qurilish texnologiyalari texnikumida bo‘ldi.

Tashrif chog‘ida vazir o‘rinbosari texnikumda tashkil etilgan o‘quv jarayonlari, professor-o‘qituvchilar faoliyati hamda moddiy-texnik baza bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, o‘quv binolari, zamonaviy laboratoriyalar, amaliyot xonalari, 60 o‘rinli ustaxona, sport zali, oshxona va 300 o‘rinli o‘quvchilar turar joyi holati ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/53746

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍21
Termiz shahar | TerDUning Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari tashabbusi bilan “INSON UCHUN” aksiya-konserti tashkil etildi.

Tadbirda bog‘cha bolalari, maktab va OTM bitiruvchilari, talabalar ishtirok etib, insonparvarlik, mehr-shafqat va o‘zaro tushunish kabi qadriyatlarni namoyon etdilar. Konsert dasturidan tashqari, master-klasslar, o‘yinlar va fleshmoblar ham o‘tkazilib, ishtirokchilarni birlashtiruvchi haqiqiy insonparvarlik bayrami tashkil etildi.

Ushbu aksiya inson qadri, jamiyatda uning o‘rni va ahamiyati haqidagi muhim g‘oyani yana bir bor eslatdi: barcha sa’y-harakatlar — inson farovonligi uchun!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari muntazamlik kasb etib, ishtirokchilar qamrovi tobora kengayib bormoqda

Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan ushbu tashabbuslarda ustoz va murabbiylar talabalarga ibrat bo‘lmoqda.

Ortiqcha vazndan xalos bo'lishga qaratilgan jismoniy harakatlar mahsuli har uch kunda nazoratdan o'tkaziladi.

Tongni harakat bilan boshlang! Kayfiyat, salomatlik va bardamlik – barchasi sizning qo‘lingizda! Endi sizni ham safimizda kutamiz!

Soat 5:45 dan 6:20 gacha o'z salomatligingiz uchun qayg'uring.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
1👍1🎉1