Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi
Surxondaryo viloyatida 9-may — Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Bugun erta tongda Termiz shahridagi Xotira maydonida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar hamda keng jamoatchilik ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida Motamsaro Ona haykali poyiga harbiy orkestr sadolari ostida gulchambarlar qo‘yildi. Ushbu marosim yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish, ularning mangu xizmatlarini e’zozlash ramzi bo‘ldi.
Shundan so‘ng, faxriylar, nuroniylar, mehnat fronti ishtirokchilari va harbiylar ishtirokida “San’at saroyi” majmuasida bayram konsert dasturi tashkil etildi. Dastur davomida urush yillarining og‘ir manzaralarini aks ettirgan sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Dunyo tinchligi yo‘lida jonini fido qilganlar xotirasi yod etilib, hozirgi dorilomon hayotimiz uchun shukronalar aytildi.
Bugun mamlakatimiz bo‘ylab 9-may — Xotira va qadrlash kuni o‘zgacha ma’naviy ruhda nishonlanmoqda. Bu sana — aziz ajdodlarimiz xotirasini yod etish, ularning ezgu ishlari davomchisi bo‘lish, Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan keksalarga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatish kabi olijanob maqsadlarni o‘zida mujassam etgan muhim sanadir.
U barchamiz qalbida o‘chmas iz qoldirmoqda.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz shahrida 9-may — Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda.
Batafsil: https://t.me/termizshh/47620
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram