Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
38K photos
4.96K videos
71 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan bayram tabrigidan:

Bashariyat tarixidagi eng dahshatli qirg‘in bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi dunyo xalqlari, jumladan, el-yurtimiz boshiga solgan og‘ir musibatlar, mislsiz kulfat va yo‘qotishlar hech qachon unutilmaydi.

Bu – zamon va makon chegarasini bilmaydigan chinakam mardlik va qahramonlik solnomasidir.

Hujjatlarning dalolat berishicha, fashizmga qarshi qonli janglarda o‘sha paytda 6 million 800 ming nafarni tashkil etgan aholimizning qariyb 2 million nafari ishtirok etgan. Shundan 540 mingga yaqini halok bo‘lgan, 158 ming nafari bedarak yo‘qolgan, 50 mingdan ortig‘i konslagerlarda mislsiz qiynoq va azoblar tufayli halok bo‘lgan, 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytgan.

O‘zbekistonlik askar va ofitserlardan 214 mingga yaqini jangovar orden va medallar bilan mukofotlangani, 301 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni degan yuksak unvonga, 70 nafardan ziyodi uchala darajadagi “Slava” ordeniga sazovor bo‘lgani, hech shubhasiz, yurtimiz vakillari tomonidan urush maydonlarida ko‘rsatilgan jasorat va matonatning yuksak amaliy e’tirofidir.


Tabrikning to‘liq matni: https://president.uz/oz/lists/view/8117

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bugun 9-may haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi.
🇺🇳BMT  — II Jahon urushi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan xotirlash va totuvlik kunining ikkinchi kuni.
🇫🇲Yevropa Ittifoqi – Yevropa kuni.
🇺🇿O‘zbekiston — Xotira va qadrlash kuni.

#muhim_voqealar
🔹1911 – Rus olimi B. L. Rozing Toshentda dunyodagi ilk televizion tajribalarni o‘tkazdi. 
🔹1913 – Fransiyada mashhur “Fantomas” filmi katta ekranlarga chiqdi.
🔹1974 – Parij metropolitenining birinchi bo‘lagi ishga tushirildi.
🔹1996 – Poytaxtimizdagi Mustaqillik maydonida G‘alaba kuniga bag‘ishlagan tantanalar bo‘lib o‘tdi.

#tavalludlar
🔹1927 – Manfred Eygen – nemis fizik-kimyogari, Nobel mukofoti sohibi.
🔹1936 – Albert Finni – “Sharqiy ekspressdagi qotillik” filmi rejissyori. 
🔹1940 – Jeyms Bruks – amerikalik kinorejissyor, ssenariy muallifi, prodyuser.
🔹 1986 – Greys Gammer – amerikalik teatr, kino va televideniye aktrisasi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-may “Xotira va qadrlash kuni” va Ikkinchi jahon urushidagi g’alabaning 80 yilligi munosabati bilan Termiz shahridagi Motamsaro ona haykali monumenti poyida tashkil etilgan bayram tadbiri boshlanish arafasida

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9-may — “Xotira va qadrlash kuni” hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Termiz shahrida joylashgan Motamsaro ona haykali poyida tashkil etilgan tantanali tadbir boshlandi.

Tadbirda urush faxriylari, harbiylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda. Ushbu tadbir orqali xalqimiz o‘z tarixini, o‘zini fido qilgan ajdodlarini yana bir bor ehtirom bilan yodga olmoqda.


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍2
Surxondaryo viloyatida 9-may — Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Bugun erta tongda Termiz shahridagi Xotira maydonida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar hamda keng jamoatchilik ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida Motamsaro Ona haykali poyiga harbiy orkestr sadolari ostida gulchambarlar qo‘yildi. Ushbu marosim yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish, ularning mangu xizmatlarini e’zozlash ramzi bo‘ldi.

Shundan so‘ng, faxriylar, nuroniylar, mehnat fronti ishtirokchilari va harbiylar ishtirokida “San’at saroyi” majmuasida bayram konsert dasturi tashkil etildi. Dastur davomida urush yillarining og‘ir manzaralarini aks ettirgan sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Dunyo tinchligi yo‘lida jonini fido qilganlar xotirasi yod etilib, hozirgi dorilomon hayotimiz uchun shukronalar aytildi.

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab 9-may — Xotira va qadrlash kuni o‘zgacha ma’naviy ruhda nishonlanmoqda. Bu sana — aziz ajdodlarimiz xotirasini yod etish, ularning ezgu ishlari davomchisi bo‘lish, Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan keksalarga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatish kabi olijanob maqsadlarni o‘zida mujassam etgan muhim sanadir.

U barchamiz qalbida o‘chmas iz qoldirmoqda.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍3