Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.77K subscribers
36.1K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
#Saylov_2025

Mamlakatimizda fuqarolar yig‘inlari raislari saylovi

Termiz shahri – “Jayhun” mahallasi mahalla fuqarolar yig‘ini rais nomzodiga saylov jarayonlari qizg’in tarzda bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida “Erta nikoh, voyaga yetmagan qizlarni unashtirish kabi salbiy illatlarning oldini olish” ga qaratilgan jamoatchilik eshituvi tashkil etildi

Tadbirda mas'ullarning mavzu yuzasidan tayyorlangan axborotlari eshitildi

Unda хalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati Bibixol Karimova hamda хalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Maftuna Sidiqova intervyu berdi.

Mazkur lavha shu haqida.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat va tuman shifoxonalarida vrachlar, o‘rinlar, mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani qayd etildi.

Kasallanish yuqori bo‘lgan Surxondaryo va Qashqadaryoda har 10 ming aholi uchun 25 ta koyka bo‘lsa, Navoiyda 31 ta, Sirdaryoda 34 ta davolanish o‘rni to‘g‘ri keladi.

Aholi soni bir xil bo‘lgan Qo‘rg‘ontepadagi shifoxonada 310 ta, Namangan tumanida 420 ta koyka bor. Oqibatda dori uchun ajratilgan mablag‘ Qo‘rg‘ontepada kishi boshiga 3,5 ming so‘m, Namangan tumanida 16 ming so‘mga to‘g‘ri kelayapti.

Boshqa misol – Andijon shahridagi davlat shifoxonasida byudjet hisobidagi har 10 ta koykaga 26 nafar tibbiy xodim to‘g‘ri keladi. Vaholanki, xususiy klinikada bu ishlarni 5 nafar xodim bajara oladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Tibbiy sug‘urtani joriy qilish surunkali surilib kelayotgani keskin tanqid qilindi

Toshkent shahrida o‘tgan yili, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, Surxondaryo va Xorazmda bu yili ushbu tizim ishga tushishi kerak edi. Sug‘urta jamg‘armasi faqat tayyor pulni taqsimlovchiga aylanib qolgani ko‘rsatib o‘tildi.

"Belgilangan islohotlarimiz qanchalik to‘g‘ri bo‘lmasin, tizim raqamlashmasa, kutilgan natijaga erisha olmaymiz",
– dedi Prezident.

Lekin mutasaddilar tizimni to‘liq raqamlashtirish u yerda tursin, oddiy "elektron retsept"ni ham ishga tushira olmagani tanqid qilindi. "Elektron poliklinika", "Elektron shifoxona"ni joriy etishda ham jiddiy oqsoqliklar bor.

Shu bois, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolar uchun sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosarlari D.Sultanov, F.Sharipov lavozimidan ozod etildi, vazir o‘rinbosari O.Omonov 6 oyda raqamlashtirishda o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Endilikda tibbiyot brigadasi hamda unga biriktirilgan aholi o‘rtasida huquq va majburiyatlarni belgilovchi ikki tomonlama shartnoma tuziladi. Aholi oilaviy shifokorni erkin tanlaydi, bu jarayonlarga xususiy oilaviy shifokorlar ham jalb etiladi.

Tibbiy yordamning kafolatlangan paketi tasdiqlanadi va paket doirasida tibbiy xizmat va dori vositalari to‘liq byudjetdan qoplanadi.

Shuningdek, poliklinikada akusher-ginekologlar 2 barobar ko‘payadi. Har 3 ming bola uchun 1 tadan pediatr shtati yangidan qo‘shiladi.

Bundan buyon birlamchi bo‘g‘inda yarim yoki 0,25 stavka bo‘lmaydi. Barcha shifokor va hamshiralar faqat to‘liq stavkada ishlaydi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident aytilgan yangi tizimni joriy yilda Ishtixon bilan birga Samarqand shahri, Bulung‘ur tumani va qolgan viloyatlarning 1 tadan tumanida, keyingi yildan to‘liq Samarqand viloyatida, 2027-yildan esa bosqichma-bosqich barcha hududlarda joriy qilishga topshiriq berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga yil oxirigacha tibbiyot oliygohlari bilan 15 ta tumandagi 4 ming 700 nafar oilaviy shifokor va hamshirani "Oila salomatligi" dasturi bo‘yicha, rahbarlarni esa menejerlikka o‘qitish topshirildi.

15 ta tumandagi poliklinika va shifoxonalar faoliyatini yangi tizim asosida tashkil qilish uchun bu yil 285 milliard so‘m, bunga qo‘shimcha viloyat hokimlari tomonidan ham kamida 10 milliard so‘mdan ajratilishi belgilandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barcha maktab, bog‘cha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda "Toza qo‘llar" dasturi amalga oshiriladi. Unga ko‘ra:

ta’lim va tibbiyot tashkilotlaridagi qo‘l yuvish joylari sanitar-gigiyena vositalari bilan to‘liq ta’minlanadi,

sharoiti og‘ir bo‘lgan 126 ta maktabda hojatxonalar binoni ichida joylashtirilib, yangidan quriladi, 6 mingdan ziyod bog‘chaga geliokollektor olib beriladi;

4 ming 295 ta ijtimoiy muassasada suv baki va sisterna o‘rnatiladi.

Ushbu maqsadlar uchun shu yilning o‘zida byudjetdan 780 milliard so‘m ajratiladi.

Har bir ijtimoiy soha muassasasi toza, ozoda bo‘lishi, unda odamlar uchun qulay sanitar-gigiyena sharoiti yaratilishi shartligi qayd etildi.

"Toza qo‘llar" dasturining mohiyati, shaxsiy gigiyena haqida katta targ‘ibot kampaniyasini tashkil etish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hududlarda yuqori texnologik operatsiyalarni o‘tkazish imkoniyati bo‘lsada, bemorlar hali ham Toshkentga kelayotgani qayd etildi. Misol uchun, o‘tgan yili yurak ishemik kasalligi bor bemorlarga ko‘rsatilgan koronarografiya va stentlash amaliyotining 80 foizi Toshkentda bajarilgan.

Jarrohlik amaliyoti talab qilmaydigan yurak ishemik kasalligi bor bemorlarni ham poytaxtga kelishi kamaymagan.

Shu munosabat bilan respublika markazlarida byudjet hisobidan faqat yuqori texnologiyali murakkab amaliyotlar o‘tkazilishi belgilandi. Tuman va viloyatda bemalol qilish mumkin bo‘lgan amaliyotlar uchun respublika markazlariga yo‘llanma berilmaydi.

Mutasaddilarga respublika, viloyat, tumanga yo‘llanma beriladigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bu yil elektron yo‘llanma asosida davolashga budjetdan 1,1 trillion so‘m ajratilmoqda.

Mutasaddilarga hududlarga ajratiladigan mablag‘lar ulushini 14 foizdan 30 foizgacha oshirish topshirildi. O‘tgan yili hududlarga 100 milliard so‘m berilgan bo‘lsa, bu yil ushbu mablag‘ 350 milliard so‘m bo‘ladi.

Elektron yo‘llanma berish va taqsimlash tizimi ham tubdan o‘zgaradi. Yo‘llanmaga kiritilgan kasalliklarni davolash xizmatlariga yagona bazaviy narx tasdiqlanadi. Endilikda bemorga respublika darajasida davolanish uchun berilgan yo‘llanma yagona elektron platformaga joylashtiriladi.

Platformada respublika markazi, boshqa viloyatdagi davlat va xususiy klinikalar ishtirok etadi. Ya’ni, yo‘llanma uchun tanlov bo‘lib, shifoxonalar bemorni qachon qabul qilishi, qanday davolashi, kerak bo‘lsa, shifokorini hududga yuborib, muolajani o‘sha yerda qilishi bo‘yicha eng maqbul taklifini beradi. Ushbu takliflar asosida bemor o‘ziga eng qulay shifoxonani tanlaydi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X