Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
38K photos
4.94K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash chora-tadbirlari

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍3🔥1
🌙 Ибратли маърузалар — қалб учун озуқа

💬 Айб қидириш осон, ибрат олиш қийин
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар

💬 Шаҳидликнинг асл моҳияти
🎙 Исроилжон домла Исмоилжонов

💬 Хунрезлик ва нотинчликларнинг келиб чиқиш сабаблари
🎙 Зайниддин домла Эшонқулов

🎧 Тингланг, ўйланг ва ибрат олинг.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍4
Termiz shahar IIB JXX tomonidan probatsiya nazorati ostidagi yoshlar o‘rtasida volleybol bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi musobaqasi o‘tkazildi

Termiz shahar Ichki ishlar bo‘limi Probatsiya guruhi tashabbusi bilan nazorat ostida bo‘lgan yoshlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi uchun musobaqa tashkil etildi.

Mazkur tadbir sportni ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, probatsiya hisobida turgan shaxslarni jamiyatga ijtimoiy moslashtirish va ularni foydali faoliyatga jalb etish maqsadida o‘tkazildi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etib, jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini yaratishdi. Yakunda g‘olib jamoalarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida mahalla fuqarolar yig‘ini raislari saylovi uyushqoqlik va oshkoralik ruhida davom etmoqda!

Termiz shahridagi “Jo’yjangal” mahallasida saylov jarayoni yuqori ruhda va fuqarolarning faol ishtirokida o‘tkazildi. Saylovda mahalla aholisining keng qatlamlari ishtirok etdi, nomzodlar esa o‘z dasturlarini taqdim etar ekan, jamoatchilik fikri va ehtiyojlarini hisobga olishga harakat qilmoqda!

Raislikka 3 nafar nomzod qo‘yildi. Ular orasidan D.Jabborova aholi ishonchiga sazovor bo‘lib, eng ko‘p ovoz to‘pladi va Jo’yjangal mahallasi raisi etib saylandi.


Bu kabi saylovlar mahallalarni rivojlantirish, jamoatchilikni qaror qabul qilish jarayoniga keng jalb etish hamda fuqarolarning o‘z hayotidagi muhim masalalarda mas’uliyatni his etishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍41
Termiz shahrida dzyudo bo’yicha o’smirlar o’rtasida O’zbekiston kubogi boshlandi.

O’zbekiston kubogi bellashuvida Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan saralangan 1000 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishmoqda. Shaharning Yakka kurash majmuasida o’tkazilayotgan bellashuvning birinchi kunida yengil vazn toifadagi dzyudochilarning chiqishlariga keng o’rin berilayapti. Shu kungi g’oliblarga diplom, madel hamda estalik sobg’alar topshirildi.
Eslatib o’tamiz, o’smirlar o’rtasida O’zbekiston kubogi 7 may kuniga qadar davom etadi.


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
1
Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash – islohotlarning amaliy ko‘rinishi

Prezidentning PQ–1-sonli qarori asosida 2025-yilda respublikamiz bo‘ylab barcha mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, fuqarolarning osoyishta hayotini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq va samarali chora-tadbirlar belgilab berilgan.

Mazkur qarorga muvofiq, bugungi kunda yurtimizning barcha hududlarida “xavfsiz ko‘cha – xavfsiz mahalla” tamoyili amalda joriy etilmoqda. Jumladan, mahallalarda ko‘chalar bosqichma-bosqich kuzatuv kameralari bilan jihozlanmoqda, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklariga (podezdlarga) zamonaviy signalizatsiya tizimlari o‘rnatilmoqda. Bu esa huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning mol-mulkini asrash, shuningdek, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan bu kabi yangiliklar noto‘g‘ri talqin qilinib, asossiz xavotirlar va muhokamalarga sabab bo‘layotgani kuzatildi. Albatta, har qanday yangilik jamoatchilik e’tiboriga havola etilishi, uning mohiyati keng va ochiq yoritilishi kerak. Shu bois, amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlarning yagona maqsadi — fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlash, mahalla hududlarida tartib-intizomni mustahkamlash va tinch hayotni kafolatlashdan iboratdir.

Har bir islohot – bu avvalo xalq farovonligi va xotirjamligi uchun xizmat qiladi. O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lida qabul qilinayotgan har bir qaror, amalga oshirilayotgan har bir tashabbus ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik bilan hamkorlikka asoslangan.

Shu o‘rinda, fuqarolardan har qanday yangilik va o‘zgarishga nisbatan hushyor, adolatli va konstruktiv yondashuvni kutib qolamiz. Yurtimizda tinchlikni asrash, farovon hayotga zamin yaratish – hammamizning umumiy mas’uliyatimizdir.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
1