Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.94K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
10 ga yaqin davlat bolalarini jamlagan Tashkent Open Judo Kids Cup III turnirida ilk g`oliblar aniqlandi

Ikkinchi kundirki, poytaxtimizda kichik oʻsmir yoshdagi dzyudochilar ishtirokidagi xalqaro musobaqa davom etmoqda. Uch kunlik bellashuvlarda o'nga yaqin davlatdan 2000 nafardan ziyod yosh dzyudochi bir nechta yosh hamda vazn toifasida medallar uchun tatamiga chiqmoqda.

Bu kabi musobqalar yosh dzyudochilarning o`sishi uchun xizmat qiladi. Bolalar musobaqa bahona do`st orttirishadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍1
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil
18-apreldagi “Respublika hududlarida “Sogʻlomlashtirish oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 102-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash  maqsadida
Salomatlik va strategik rivojlanish institutining 2025-yil 23-apreldagi “Respublika hududlarida “Sogʻlomlashtirish oyligi”ni o'tkazish togʻrisida 22-son buyrugʻi tasdiqlandi. Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Institut hodimlari tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz shahri aholisi orasida Sog'lom turmush tarzi tamoyillari, Sog'lom to'g'ri ovqatlanish mavzusida targ'ibot ishlari olib borildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍3
Qurilish sohasi mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Yangi loyihalarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi, binolarning uzoq yillar samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida qurilish ishlari qat’iy nazorat ostida olib borilmoqda.

Shu maqsadda, bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari va loyihalar ijrosi bilan yaqindan tanishdi. Xususan, "Yangi Termiz city" va "Termiz biznes city" massivlarida ko‘p qavatli turar joylar, mehmonxona, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurilishi jarayoni ko‘zdan kechirildi. Avvalgi tashriflar davomida berilgan topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, "Kattabog‘" mahallasidagi bo‘sh yer maydonida yangi savdo majmuasi qurilishiga start berildi. Loyihani sifatli va belgilangan muddatda amalga oshirish, qurilish ishlarini belgilangan me’yor va talablarga to‘liq muvofiq holda olib borish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Viloyat rahbari o‘rganishlar davomida "Pattakesar" mahallasida joylashgan "Bio Texno Eco" MCHJ chiqindilarni to‘plash va olib ketish maskanini rekonstruksiya qilish ishlari hamda "Lak bo‘yoq ishlab chiqarish" zavodi faoliyati bilan ham tanishdi. Mutasaddilarga rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍1