Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.2K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Hurmatli Termiz shahri aholisi va qadrli mehmonlar!

Bugun, soat 18:30 da, Termiz shahrining sevimli maskanlaridan biri — 24/7 ko‘chasi siz azizlar uchun yana bir bor bayramona kayfiyatga burkanadi!

Yoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning madaniy hordiq chiqarishlari va ma’naviy ozuqa olishlari maqsadida mahalliy iste’dodli san’atkorlar ishtirokida GALAKONSERT bo‘lib o‘tadi. Bu musiqiy kecha barcha uchun unutilmas lahzalarni taqdim etadi — shodlik, raqs, kuy va qo‘shiqlar ostida sizni chinakam bayram kutmoqda!

Tadbir davomida kichkintoylarimiz uchun alohida ajratilgan sahnada qo‘g‘irchoq teatrlari tomoshalari ham namoyish etiladi. 🎭 Bu bolajonlarimiz uchun quvonchli, tarbiyaviy va zavqli lahzalarga boy bo‘ladi.

🌙 Issiq bahor oqshomida oilangiz bilan birga quvonchli dam olishni rejalashtirayapsizmi? Unda ushbu galakonsert aynan siz uchun!

📍Manzil:Termiz shahri, "Alpomish" mahallasida joylashgan 24/7 ko‘cha. Mo‘ljal-"Barkamol avlod" binosining oldi

🕡 Boshlanish vaqti: 18:30

🔔 Barchangizni ushbu bayramona kechaga taklif etamiz!

#TermizdaBayram #MadaniyatKechasi #Galakonsert #TermizSan’at #YoshlarBilanBirga

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram