Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.2K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
“Tasviriy va amaliy san’at” festivali doirasida Termizda milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi!

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.B. Mahkamova raisligida 2025-yil 19-mart kuni bo‘lib o‘tgan 11-sonli yig‘ilish bayoniga asosan, Xalqaro an’anaviy "Tasviriy va amaliy san’at festivali" joriy yilning 21–25 aprel kunlari o‘tkazilishi belgilandi.

Mazkur festival doirasida, 2025-yil 24-aprel kuni Termiz shahrida "Milliy liboslar namoyishi" o‘tkazildi. Tadbir liboslar dizayni yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilar va malakali o‘qituvchilar ishtirokida ochiq osmon ostida yuqori saviyada tashkil etildi.

Bu go‘zal namoyish Termiz shahrining madaniy hayotiga yangicha ruh bag‘ishladi. Tomoshabinlarga milliy va zamonaviy liboslar uyg‘unligida tayyorlangan eksklyuziv to‘plamlar taqdim etildi. Har bir libos o‘ziga xos yondashuv, did va mahoratni ifodalab, mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi.

O‘zbek milliy liboslari zamonaviy moda yo‘nalishlari bilan uyg‘unlashgan holda, ajdodlar merosi va bugungi dizayn san’atining betakror namunalarini namoyon etdi. Tadbir shaharliklar va mehmonlarda yuksak hayrat va zavq uyg‘otdi.

Bu kabi loyihalar nafaqat estetik zavq baxsh etadi, balki yoshlarda milliy g‘urur, ijodkorlik va san’atga mehr tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

📸 Quyidagi suratlarda namoyishdan eng yorqin lahzalarni tomosha qiling - https://t.me/termizshh/47191 ; https://t.me/termizshh/47200

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
“Tasviriy va amaliy san’at” festivali doirasida Termizda milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi!

Batafsil:
https://t.me/termizshh/47190