Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.3K photos
4.76K videos
70 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markaziga 500 dona yangi kitob sovg‘a qilindi.

Batafail: https://t.me/termizshh/47141

Yangi kitoblar kutubxona fondini boyitib, mutolaa qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi va aholi, xususan, yoshlar uchun beqiyos xazinadir. Shu bilan birga, kitoblar orqali xalqimizning yuksak ma’naviy qadriyatlari va adabiy an’analari davom ettiriladi. Bu kabi tashabbuslar, nafaqat shahardagi kitobxonlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, balki jamiyatimizda o‘qish va ilmga intilish madaniyatini shakllantiradi.

Kitoblar – bu bilim va tarbiyaning kaliti. Shunday ekan, bizni kutib turgan yangi ilmiy ufqlarni kashf etishda kitoblarimiz yordamida yanada yuksalishlarga erishishimizni tilaymiz!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shaharda ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

Batafsil:
https://t.me/termizshh/47168

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Surxondaryoda tibbiyot tizimini raqamlashtirish jarayonlari qanday bormoqda?

Tibbiyotni xalqqa yaqinlashtirish doirasida tizimni raqamlashtirishga katta e’tibor berilayotgani bejiz emas. Bu orqali odamlar uchun qanday qulayliklar yaratilishini hozirdan tasavvur etish qiyin emas. Ya’ni fuqarolar ortiqcha vaqt va kuch sarflamasdan turib tekshiruvlardan o‘tadi, davolanish jarayoni ham tez va soz kechadi.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Olim Omonov tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan videokonferensaloqa shaklidagi yig‘ilishlarda bu borada hududlarda olib borilayotgan ishlar ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqib chuqur tahlildan o‘tkazilmoqda.

📍 Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan navbatdagi yig‘ilishda hududdagi holat tizim rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri hamda Toshkent shahri va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlarining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlari joylardagi studiyalardan ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimizning 2024 yildagi tegishli qarorida Surxondaryo viloyatida 2026-yil 1-apreldan davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish hamda tibbiyot muassasalarini kompyuter va boshqa texnik vositalar, lokal tarmoqlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Xo‘sh, viloyatda ushbu jarayonlar qanday bormoqda?

Bugun hududda 276 tibbiyot muassasasi mavjud bo‘lib, shundan 22 tasida lokal tarmoq qurilishi yakunlanmagan. Ajablanarlisi shundaki, joriy yil mart oyida vazirlik tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, infratuzilma holati yaxshi emasligi, mavjud qurilmalardan foydalanilmasdan kelinayotganligi, lokal tarmoq tortish ishlari yakuniga yetkazilmaganligi tanqid qilingan va zarur vazifalar belgilab berilgan edi.

Mana, oradan sal kam 2 oy o‘tyapti, ammo muammolar hanuz bartaraf etilmagan.

Respublika bo‘yicha kompyuter texnikalari bilan ta’minlash 65 foizga yetgani holda Surxondaryoda 37 foizni tashkil etayotgani ham tashvishlidir.

Tumanlar misolida aytadigan bo‘lsak, kompyuter texnikasiga bo‘lgan ehtiyoj Denovda 20, Qumqo‘rg‘onda 24 va Oltinsoyda 28 foizga qoplangani barcha mas’ullarni o‘ylantirishi kerak.

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 60 ta kompyuter qurilmasi mavjud, 30 tasi ma’nan eskirgan hamda 80 ta ehtiyoji bor. Markazga oxirgi 2 yil ichida kompyuter qurilmasi umuman xarid qilinmagan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yildagi tegishli buyrug‘i bilan viloyatda “Yagona tibbiyot axborot tizimi” (DMED)ni fevral oyiga qadar to‘liq joriy etish belgilangan bo‘lsa-da, 4 ta tibbiyot muassasasida vazifa bajarilmagan.

Tadbirda viloyatda pullik xizmat ko‘rsatuvchi 39 ta tibbiyot muassasasi mavjudligi, lekin ularning birortasida DMED tizimining kassa moduli yo‘lga qo‘yilmagani tanqid qilindi.

Boysun tumani tibbiyot birlashmasi rahbari DMED tizimi xususida tasavvurga ega emas, shekilli, markaziy shifoxonaga kompyuter qurilmasi ajratmagan, shu bois xodimlar hamon qog‘ozda ishlashga majbur bo‘lmoqda.

Tadbirda hududdagi ijobiy holatlar tilga olinib, namuna sifatida tavsiya etildi.

Yig‘ilishda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram