Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.8K subscribers
36.5K photos
4.77K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
“Milliy qadriyatlar” festivali – ajdodlar merosiga ehtirom bayrami

TerDUda bo‘lib o‘tgan “Milliy qadriyatlar” festivali yurtimizning boy tarixiy merosi, urf-odat va an’analarini keng omma va yosh avlod orasida targ‘ib etishga qaratilgan ezgu maqsadni o‘zida mujassam etdi.

Festival davomida milliy o‘yinlar, xalqimizning og‘zaki ijod namunalari, qadimiy kuy va ohanglar, bejirim tikilgan milliy liboslar, taomlar, o‘ziga xos udum va marosimlar keng namoyish etildi.

Bu tadbir nafaqat yoshlar qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi, balki asrlar silsilasida sayqallanib kelgan qadriyatlarimizning hayotiyligini, ularning bugun ham dolzarb ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Festival – bu milliylik bayrami, qadriyatlarimizga bo‘lgan sadoqat ifodasidir.


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Milliy qadriyatlar” festivalidan videolavha

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
⚡️O‘zbekiston iftixoridan yana gol va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sovrini

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasidagi navbatdagi uchrashuvda yana bir bor o‘z mahoratini namoyon etdi.

"Roma" — "Verona" uchrashuvida Eldor Shomurodov uchrashuvning 4-daqiqasida gol kiritib, jamoasiga g‘alaba keltirgan yagona to‘p muallifiga aylandi. Mazkur gol jamoaga muhim 3 ochkoni taqdim etdi va o‘yin yakungi natijasini belgilab berdi.

Uchrashuv so‘ngida Eldor Shomurodov o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi hamda maxsus sovrin bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, yurtdoshimiz joriy yilning 7 aprel kuni "Yuventus"ga qarshi bellashuvda ham gol kiritib, o‘sha uchrashuvda ham eng yaxshi o‘yinchi sifatida tan olingan edi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz va Xayrobod garnizonlarida joylashgan harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilarning Vatanga qasamyod qabul qilish marosimlari o‘tkazildi.

Marosimlarda harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish, harbiy burchni vijdonan bajarishga qasamyod qildilar.

Tadbirda harbiy qismlar qo‘mondonlari, faxriylar, chaqirilgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo viloyatida shahar va qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash, hududlarning obodligi uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi uchun qulay muhit yaratish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari barcha hududlarda izchil davom etmoqda.

Markaziy ko‘chalar va avtomobil yo‘llari bo‘ylarida tashkil etilgan yashil hududlar, ekilgan daraxt va gulzorlar bahor fasliga xos ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri hamda Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlarida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar holati va belgilangan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi. Tashrif davomida hududlarda mavjud muammolar o‘rganildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X