Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.8K subscribers
36.5K photos
4.77K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida “Sog‘lom tanda - sifatli ta’lim” shiori ostida shahar bosqichi g'oliblari taqdirlandi.

Termiz shahridagi 7-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida “Sog‘lom tanda - sifatli ta’lim” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kubogi sport musobaqalarining shahar bosqichi go'iblari taqdirlandi.

☄️ Musobaqa natijalariga ko'ra:

⚽️ Futbol bo‘yicha 7-maktab jamoasi 1-o‘rinni;

🏐 Voleybol bo‘yicha erkaklar 8-maktab jamoasi, ayollar 9-maktab jamoasi 1-o‘rin;

🏓 Stol tennisi bo‘yicha erkaklar 24-maktab, ayollar 24-maktab 1-o‘rin;

Shashka bo‘yicha 1-maktab o‘rin;

Shaxmat bo‘yicha 14-maktab 1-o‘rinni qo'lga kiritishdi.

Shuningdek, g'olib jamoalarga hamkor tashkilotlarning diplomlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
“Milliy qadriyatlar” festivali – ajdodlar merosiga ehtirom bayrami

TerDUda bo‘lib o‘tgan “Milliy qadriyatlar” festivali yurtimizning boy tarixiy merosi, urf-odat va an’analarini keng omma va yosh avlod orasida targ‘ib etishga qaratilgan ezgu maqsadni o‘zida mujassam etdi.

Festival davomida milliy o‘yinlar, xalqimizning og‘zaki ijod namunalari, qadimiy kuy va ohanglar, bejirim tikilgan milliy liboslar, taomlar, o‘ziga xos udum va marosimlar keng namoyish etildi.

Bu tadbir nafaqat yoshlar qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi, balki asrlar silsilasida sayqallanib kelgan qadriyatlarimizning hayotiyligini, ularning bugun ham dolzarb ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Festival – bu milliylik bayrami, qadriyatlarimizga bo‘lgan sadoqat ifodasidir.


🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram