Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.5K photos
4.77K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bugun kunning ikkinchi yarmida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘tgan haftada aholi murojaatlarini o‘rganish davomida mutasaddilarga berilgan topshiriqlar ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida Termiz shahri Farovon massiviga tashrif buyurdi.

Hududda belgilangan vazifalarga asosan yo‘l va yo‘laklarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar hamda lift bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Mutasaddilar amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Shundan so‘ng, "Tinchlik" yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida loyihalarni ishga tushirish, yosh tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish hajmi va ish o‘rinlari sonini oshirish borasidagi taqdimotlar ko‘rib chiqildi.

Mutasaddilarga yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalangan holda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish o‘rinlari sonini oshirish vazifalari belgilab berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Termiz shahrida infratuzilma ishlari hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish loyihalari taqdimoti bilan tanishildi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X