Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.86K subscribers
37.3K photos
4.83K videos
70 files
12.1K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
“Agrobank” ATB boshqaruvi tomonidan Termiz shahar tadbirkorlari bilan uchrashuv о‘tkazildi.

Batafsil: https://t.me/termizshh/46791

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Agrobank ATB boshqaruvi tomonidan Termiz shahar tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuvda bank rahbariyati hududdagi tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilib, ularning muammolarini joyida hal etish va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvning maqsadi, ayniqsa, hududdagi kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini rivojlantirish uchun zaruriy moliyaviy va tashkiliy yordamni taqdim etishdir. Bunda, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlar uchun samarali biznes muhitini shakllantirish yo‘nalishidagi chora-tadbirlar alohida muhokama qilindi.

Shuningdek, bank boshqaruvi hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, kreditlash tizimi, moliyaviy mahsulotlar va dasturlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan o‘z faoliyatlarini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va eksport imkoniyatlaridan foydalanish masalalarida o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Bundan tashqari, “Agrobank” ATB tomonidan, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun turli moliyaviy mahsulotlar, jumladan, imtiyozli kreditlar va grantlar taqdim etilmoqda. Bank tomonidan tadbirkorlar va fermerlarga qarzlar bo‘yicha maslahatlar berilishi, shuningdek, bank xizmatlarini raqamlashtirish orqali foydalanuvchilarga yanada qulay sharoitlar yaratish borasida ishlanmalar olib borilmoqda.

Termiz shahridagi uchrashuvda “Agrobank” ATB hududiy filiallari tomonidan amalga oshirilgan boshqa loyiha va dasturlar haqida ham so‘z yuritildi. Shuningdek, bankning maqsadi faqatgina moliyaviy resurslarni taqdim etish emas, balki tadbirkorlarning barcha sohalarda o‘sishiga ko‘maklashishdir. Bank boshqaruvi tomonidan bunday ochiq muloqotlar davom ettirilishi va tadbirkorlar bilan yaqindan ishlashning ahamiyati ta’kidlandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Hurmatli hamshaharlar!

Ayni vaqtda Termiz shahar hokimi O’.To’rayev hamda shahardagi barcha tashkilot, muassasa rahbarlari ishtirokida Surxondaryo telekanalida “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda.

Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-70

📲 Telegram:
(99) 482-00-77

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
O‘zbekiston-Turkiya hamkorlik aloqalarini kengaytirish doirasida "Turk-Lab-Med" MChJ hamda Termiz davlat universiteti tomonidan 1,5 mln dollarlik xorijiy investitsiya hisobiga qator laboratoriya xizmatlarini ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etilgan. Mazkur hamkorlik aloqalari natijasida ishga tushirilgan laboratoriyalarda 40 dan ortiq Termiz davlat universiteti bitiruvchilari ish bilan ta’minlangan.

Bugun Termiz shahrida "Turk-Lab-Med" MChJ hamda Termiz davlat universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali bilan hamkorlikda navbatdagi o'quv laboratoriya markazi faoliyatini boshladi. Markazning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, "Turk-Lab-Med" MChJ va sog‘liqni saqlash sohasi mutasaddilari hamda nuroniylar va faollar ishtirok etdi.

Ushbu laboratoriya markazining ishga tushirilishi natijasida mikroorganizmlar biologiyasini o‘rganish, hujayraviy tuzilishi, kulturalar hosil qilish, mikroblarni turlarga ajratish, immunoferment analizi, mikroorganizmlarni aniqlash kabi xizmatlar ko‘rsatiladi hamda bevosita oliygoh talabalari uchun amaliy ishlar yo‘lga qo‘yiladi.

Tadbir ishtirokchilari laboratoriyada yaratilgan sharoitlar, o‘rnatilgan zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari bilan tanishishdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning navbatdagi tadbirkorlar qabuli shahar va tumanlar studiyalari orqali onlayn tarzda o‘tkazildi.
Qabul Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Dastlab, avvalgi qabullarda kelib tushgan murojaatlarning ijrosi tahlil qilindi. Murojaatlarga mas’uliyatsiz yondashgan ayrim mutasaddilarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rildi — ulardan ba’zilari lavozimidan ozod etildi, ayrimlari esa ogohlantirildi.

Shundan so‘ng, hududiy studiyalar orqali 52 nafar tadbirkorning kredit ajratilishi, kredit muddatini uzaytirish, soliq, subsidiya, undiruv, kadastr, yer va huquqiy masalalar bo‘yicha 57 ta murojaati tinglandi.

Qabul davomida ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish, tadbirkorlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangi tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida mas’ullarga aniq muddatlar bilan topshiriqlar berildi.

Viloyat hokimi tadbirkorlar murojaatlarini uzluksiz qabul qilish va ularni tezkor hal etish maqsadida maxsus Shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturining joylardagi ijrosi tanqidiy ko‘rib chiqildi. Mutasaddilarning biriktirilgan oilalar bilan ishlash faoliyati tahlil qilinib, ularni kambag‘allikdan chiqarish va turmush darajasini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Tadbirkorlar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan viloyat Shtabiga quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishlari mumkin:
☎️ Telefon raqami: (376) 228-69-74
📞 Qisqa raqam: 1055
✉️ Telegram guruhi: @surxondaryo_qabul

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X