Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.6K photos
4.77K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bolalar va yoshlar uchun do‘stona mahalliy boshqaruvda ijobiy o‘zgarishlarga erishish uchun xalqaro memorandum imzolandi.
 
BMT Bolalar jamg‘armasi, BMT Taraqqiyot dasturi, “Yuksalish” harakati va Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi birgalikda “O‘zbekistonda bolalar va yoshlar uchun qulay mahalliy boshqaruvni inklyuziv transformatsiyalash” nomli BMTning qo‘shma dasturini ishga tushirdi.
 
Ushbu tadbirda Termiz shahar hokimi O’.To’rayev ham ishtirok etdi. Tadbir davomida “Bolalar va yoshlar uchun do‘stona mahalliy boshqaruv” tashabbusining tajribasiga tayangan holda amalga oshirilishi hamda ijtimoiy xizmatlarni taqdim etishda yoshlarning ishtiroki, ijobiy natijalarga erishish, jumladan, yo‘l harakati xavfsizligi, ekologik tashabbuslar va nogironligi bo‘lgan yoshlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash borasida xalqaro memorandum imzolandi.
 
Ushbu xalqaro memorandum Termiz shahrida turli xil ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni va mahalliy xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga xizmat qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
КОРРУПЦИЯ - сени ва оилангни хароб қилади!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
“Agrobank” ATB boshqaruvi tomonidan Termiz shahar tadbirkorlari bilan uchrashuv о‘tkazildi.

Batafsil: https://t.me/termizshh/46791

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Agrobank ATB boshqaruvi tomonidan Termiz shahar tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuvda bank rahbariyati hududdagi tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilib, ularning muammolarini joyida hal etish va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvning maqsadi, ayniqsa, hududdagi kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini rivojlantirish uchun zaruriy moliyaviy va tashkiliy yordamni taqdim etishdir. Bunda, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlar uchun samarali biznes muhitini shakllantirish yo‘nalishidagi chora-tadbirlar alohida muhokama qilindi.

Shuningdek, bank boshqaruvi hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, kreditlash tizimi, moliyaviy mahsulotlar va dasturlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan o‘z faoliyatlarini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va eksport imkoniyatlaridan foydalanish masalalarida o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Bundan tashqari, “Agrobank” ATB tomonidan, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun turli moliyaviy mahsulotlar, jumladan, imtiyozli kreditlar va grantlar taqdim etilmoqda. Bank tomonidan tadbirkorlar va fermerlarga qarzlar bo‘yicha maslahatlar berilishi, shuningdek, bank xizmatlarini raqamlashtirish orqali foydalanuvchilarga yanada qulay sharoitlar yaratish borasida ishlanmalar olib borilmoqda.

Termiz shahridagi uchrashuvda “Agrobank” ATB hududiy filiallari tomonidan amalga oshirilgan boshqa loyiha va dasturlar haqida ham so‘z yuritildi. Shuningdek, bankning maqsadi faqatgina moliyaviy resurslarni taqdim etish emas, balki tadbirkorlarning barcha sohalarda o‘sishiga ko‘maklashishdir. Bank boshqaruvi tomonidan bunday ochiq muloqotlar davom ettirilishi va tadbirkorlar bilan yaqindan ishlashning ahamiyati ta’kidlandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Hurmatli hamshaharlar!

Ayni vaqtda Termiz shahar hokimi O’.To’rayev hamda shahardagi barcha tashkilot, muassasa rahbarlari ishtirokida Surxondaryo telekanalida “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda.

Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-70

📲 Telegram:
(99) 482-00-77

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
O‘zbekiston-Turkiya hamkorlik aloqalarini kengaytirish doirasida "Turk-Lab-Med" MChJ hamda Termiz davlat universiteti tomonidan 1,5 mln dollarlik xorijiy investitsiya hisobiga qator laboratoriya xizmatlarini ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etilgan. Mazkur hamkorlik aloqalari natijasida ishga tushirilgan laboratoriyalarda 40 dan ortiq Termiz davlat universiteti bitiruvchilari ish bilan ta’minlangan.

Bugun Termiz shahrida "Turk-Lab-Med" MChJ hamda Termiz davlat universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali bilan hamkorlikda navbatdagi o'quv laboratoriya markazi faoliyatini boshladi. Markazning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, "Turk-Lab-Med" MChJ va sog‘liqni saqlash sohasi mutasaddilari hamda nuroniylar va faollar ishtirok etdi.

Ushbu laboratoriya markazining ishga tushirilishi natijasida mikroorganizmlar biologiyasini o‘rganish, hujayraviy tuzilishi, kulturalar hosil qilish, mikroblarni turlarga ajratish, immunoferment analizi, mikroorganizmlarni aniqlash kabi xizmatlar ko‘rsatiladi hamda bevosita oliygoh talabalari uchun amaliy ishlar yo‘lga qo‘yiladi.

Tadbir ishtirokchilari laboratoriyada yaratilgan sharoitlar, o‘rnatilgan zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari bilan tanishishdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X