Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.8K subscribers
36.7K photos
4.79K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Maktab direktorlariga sertifikatlar topshirildi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi asosida tashkil etilgan “Zamonaviy pedagog rahbar va liderlik” mavzusidagi malaka oshirish kurslari nihoyasiga yetgani munosabati bilan Boysun, Angor, Termiz tumani va Termiz shahridan kelgan maktab direktorlari sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bu turdagi malaka oshirish kurslari nafaqat bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga, balki rahbar-pedagoglarning zamonaviy talablarga mos professional rivojlanishiga xizmat qiladi degan umiddamiz.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
📊Surxondaryo viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi qanchani tashkil etdi?

2025-yilning yanvar-fevral oyida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 3 835,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 109,7 % ga yetdi.

Jumladan,

yirik korxonalarning tovar aylanmasi 142,1 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 124,1 %),

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi
3 693,2 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 109,2 %),

shundan,

uyushmagan savdo tovar aylanmasi
460,1 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 116,2 %) tashkil etdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram