Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.8K subscribers
36.7K photos
4.79K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida bahorgi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Avtomobil yo‘llari yoqasidagi maydonlarga daraxt ko‘chatlari ekish, mavjudlarni parvarishlash hamda maysazorlar yaratish ishlari faol olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda qishloq xo‘jaligi sohasidagi vazifalar ijrosi bilan tanishuvidan so‘ng, Termiz shahri markaziy ko‘chalari va Termiz tumanidagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari holatini o‘rgandi.

Jumladan, Termiz tumanida joylashgan Termiz xalqaro aeroporti atrofidagi maydonlarni tartibga keltirish va bo‘sh yer maydonlarini ko‘kalamzorlashtirish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, shahar markaziy ko‘chalari bo‘ylab mavjud yashil hududlarni parvarishlash va yangilarini yaratish jarayonlari tahlil qilindi.

Mutasaddilarga amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo viloyatida bahorgi obodonlashtirish ishlarining navbatdagi bosqichini samarali tashkil etish maqsadida zarbdor haftalik boshlandi. Ushbu tadbir doirasida hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun erta tongdan davlat va jamoat tashkilotlari, kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, hududdagi obodonlashtirish ishlarining ahamiyati va maqsadlari haqida fikr bildirdi.

– Surxondaryo qadimdan fayzli va obod maskan sifatida tanilgan. Mehmondo‘st xalqimiz tashrif buyuruvchilarni nafaqat samimiy muomalasi, balki obod manzillari bilan ham hayratga solib kelgan. Shu bois, barcha shahar va qishloqlarimizni, mahalla, guzar va ko‘chalarimizni yanada ko‘rkamlashtirishga bel bog‘ladik. Barcha mutasaddi idoralar va faol jamoatchilik birgalikda ish olib borib, rejalashtirilgan ishlarimizni sifatli va samarali tashkil etishimiz lozim, – dedi viloyat rahbari.

Termiz shahri va tumanlar studiyalari orqali butun viloyat hududida mazkur tashabbusga rasman start berildi. Obodonlashtirish ishlari doirasida daraxt va gul ko‘chatlari ekish, mavjud yashil hududlarni parvarishlash hamda ko‘chalar va mahallalarni ozoda holga keltirish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Barcha vohadoshlarimizni ushbu tadbirda faol ishtirok etishga hamda yashash hududlarimiz, mahallalar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘chalar va xiyobonlarning obodligi va ozodaligini ta’minlashda o‘z hissalarini qo‘shishga chorlaymiz.


Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Shijoat va g‘ayrat

Termiz shahrida joylashgan harbiy qismda “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining shahar bosqichining tantanali ochilish marosimi tashkil etilib, musobaqalarga start berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram