O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar izchil rivojlanib, strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilmoqda. Ikki xalqni azaliy qo‘shnichilik va do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. Ushbu munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida chegaraoldi hududlarda va ko‘p millatli mahallalarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi “Saxovat” va “Alpomish” mahallalarida Navro‘z bayrami katta tantana bilan nishonlandi. Tadbir davomida milliy urf-odatlar namoyish etilib, xalq o‘yinlari va turli musiqiy dasturlar taqdim etildi.
Mazkur bayramlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilib, madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga zamin yaratmoqda. Bunday tadbirlar ikki xalqning azaliy an’analari va urf-odatlarini asrab-avaylash, yosh avlodga yetkazish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram