Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.81K subscribers
36.8K photos
4.79K videos
70 files
11.9K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryoda asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Termiz shahridagi 16-maktabda asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichi o‘z ishini boshladi. Olimpiadaning tantanali ochilish marosimida rasmiy mehmonlar, ta’lim sohasi vakillari, pedagoglar hamda ishtirokchilar qatnashdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan mutasaddilar ushbu olimpiadaning mamlakatimiz ta’lim tizimidagi ahamiyati, iste’dodli yoshlarni kashf etish va ularni rag‘batlantirishdagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Respublikamizning barcha hududlaridan saralangan iqtidorli o‘quvchilar uchun ayni vaqtda o‘zbek tili, rus tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha yozma ish sinovlari o‘tkazilmoqda. Bellashuvlar adolatli va shaffof o‘tishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Olimpiadaning barcha jarayonlari onlayn tarzda yoritilib borilmoqda.

Jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatib borish mumkin:
https://youtube.com/live/1FX0fDuJyjo?feature=share

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Xabar berganimizdek, joriy yilda Surxondaryo viloyatida 77 ta eng og‘ir ahvoldagi mahalla tanlab olinib, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida yirik hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bu boradagi o‘rganish ishlarini Angor tumanida davom ettirdi. Mazkur tumanda 5 ta mahalla manzilli dasturga kiritilgan bo‘lib, tashrif davomida "Kattaqum" va "Navro‘z" mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi o‘rganildi.

Jumladan, "Kattaqum" mahallasida 2,4 km uzunlikda kanal betonlayotgan bo‘lib, ushbu irrigatsiya tarmog‘ining rekonstruksiyasi hisobiga 180 gektar maydon hamda 460 ta xonadon tomorqasini sug‘orish tizimi yaxshilanadi. Shuningdek, "Navro‘z" mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash va hududda "Yoshlar va turizm" ko‘chasi qurilishi ham ko‘zdan kechirildi.

Hududlarga tashrif yakunida Termiz shahri "Kokildor ota" mahallasida aholining tomorqadan samarali foydalanish tajribasi hamda infratuzilmani yaxshilash ishlari bilan ham tanishilib, mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Ko‘ksaroy" qarorgohida o‘tkazilgan iftorlik marosimidagi nutqi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Ayni paytda Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida iftorlik marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X