Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.8K subscribers
36.9K photos
4.8K videos
70 files
12K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
22-mart — “Mahalla tizimi xodimlari kuni”

Bugungi kunda mahalla institutining jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, uning huquq va vakolatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida mamlakatimizda 22-mart — “Mahalla tizimi xodimlari kuni” sifatida belgilangan.

Mazkur sana munosabati bilan bugun Termiz shahar hokimligida mahalla tizimida fidokorona mehnat qilayotgan ilg‘or xodimlarni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mahalla tizimi xodimlarini kasb bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
📢 Termiz shahri fuqarolari va mehmonlari diqqatiga!

Surxondaryo viloyati hokimining 2025-yil 15-martdagi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida "Umumxalq bayramlari va sayllari doirasida otlar ishtirokida paradlarni o‘tkazish" tadbiri tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan ertaga, 23-mart kuni soat 9:00 dan 10:00 gacha Termiz shahrining "Barkamol avlod" ko‘chasi, "Yoshlar markazi" binosi oldidan viloyat IIB binosigacha bo‘lgan yo‘l qismida transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi.

❗️Mazkur hududda faqat maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Termiz oqshomi 2025-y 4-5-son.pdf
4.6 MB
Mutolaa uchun | "Termiz oqshomi"

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
“Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi doirasida probatsiya nazoratidagi shaxslar uchun bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi

Termiz shahar Ichki ishlar bo‘limi Jinoyat-ijroiya ijrosi Probatsiya bo‘limi tomonidan Termiz shahar Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi bilan hamkorlikda “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — probatsiya nazorati ostida bo‘lgan fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb etish, ularning jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish, ijtimoiy faolligini oshirish va hayotga ijobiy qarashni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Yarmarka davomida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida nazorat ostidagi shaxslarga batafsil ma’lumotlar berildi. Ular nafaqat o‘zlari, balki ish bilan band bo‘lish istagidagi oila a’zolari bilan ham tadbirda qatnashish imkoniga ega bo‘ldilar. Taqdim etilgan ish o‘rinlari orasida ham maxsus mutaxassislik talab etiladigan, ham oddiy mehnat turlari mavjud bo‘lib, bu fuqarolarga kasb-hunaridan kelib chiqib mos ish topish imkonini yaratdi.

Shuningdek, kasb-hunarga ega bo‘lishni istaganlar uchun Termiz shahar Bandlik bo‘limi tomonidan bepul o‘qish imkoniyati ham taklif etildi. Probatsiya nazoratidagi fuqarolar uchun zarur yo‘llanmalar berilib, ularning kelgusida barqaror ish faoliyatiga ega bo‘lishlari uchun zarur huquqiy va ijtimoiy tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir yakunida 4 nafar nazorat ostidagi shaxs doimiy ish bilan ta’minlandi, 2 nafar fuqaroga esa o‘z qiziqishlari bo‘yicha kasb-hunar o‘rganishi uchun yo‘llanmalar berildi.

Mazkur yondashuv, albatta, ularning jamiyatga qayta moslashuvi va ijtimoiy barqarorligini ta’minlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahrida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi doirasida probatsiya nazoratidagi shaxslar uchun bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi

Batafsil: https://t.me/termizshh/46021

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termizda Navro‘z shukuhi: Otliq kavaleriya paradi!

Bugun Termiz shahri ko‘chalari bo‘ylab Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan kuch tuzilmalarining otliq bo‘linmalari ishtirokida “Otliq kavaleriya paradi” tantanali tarzda o‘tkazildi.

An’anaviy ruhda o‘tgan mazkur tadbir Navro‘zga xos milliy qadriyatlarimizni, jasorat va sadoqat timsoli bo‘lgan otliqlarning sha’nini ulug‘lashga xizmat qildi.

Bahorning ilk kunlarida shahar ko‘chalarida yangragan otlar dupuri va bayramona kayfiyat barchaga zavq bag‘ishladi!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM