O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga muvofiq, xalqimizning bag‘rikenglik va qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida "Navro‘z" bayrami va yaqinlashib kelayotgan "Ramazon hayiti" (Iyd al-Fitr) munosabati bilan Afg‘oniston aholisiga qariyb 200 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuki qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.
Qo‘shni mamlakatga yetkazilgan zarur oziq-ovqat mahsulotlari Hayraton shahridagi "Astras" kompaniyasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, shuningdek, Mudofaa, Transport, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi va Tashqi ishlar vazirliklari mutasaddilari hamda Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo hamda ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirildi.
Insonparvarlik yordami tarkibidan un, bug‘doy, makaron mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, shakar, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan.
Shuningdek, Mozori Sharif shahrida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilib, kelgusidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Suhbat davomida O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistonda barpo etilayotgan Imom Buxoriy maqbarasi qurilishi haqida ham alohida fikr almashildi.
Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirib, yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llashdi.
Tashrif davomida, amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan ham tanishildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayni vaqtda Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Navro’z bayramiga qatnashish uchun Tojikiston Respublikasida bo’lib turibdi.
Delegatsiya a’zolari orasida Viloyat hokimi o’rinbosarlari, Uzun, Sariosiyo hamda Denov
tumani hokimlari, hokim o’rinbosarlari bir qator tashkilot va idora rahbarlari ham bor.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram