⏺Prezidentimizning joriy yil 14-fevral kuni
mamlakatimiz yoshlari bilan o‘tkazgan muloqotida "Aloqabank" yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch
"yoshlar banki"ga aylantirilib, bunga 200 million dollar ajratilganligi ma’lum qilingan edi.
⏺Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi "Yoshlar markazi"da
tadbirkor yoshlar bilan ishchi uchrashuv o‘tkazib, "Aloqabank" viloyat filiali mas’ullarining yoshlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi axborotlarini tingladi.
⏺Uchrashuv davomida yoshlarning taklif, tashabbus va muammolari tinglanib, ularga ko‘mak ko‘rsatish, masalalarini hal etish yuzasidan mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, "Aloqabank" viloyat filiali boshqaruvchisiga yoshlarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va mikroqarzlar ajratilishini tezlashtirish vazifalari topshirildi.
⏺Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahri "Shodlik" mahallasida joylashgan
suzish havzasi sharoitlari bilan tanishib, inshootni rekonstruksiya qilish loyiha-taklifi bilan tanishdi. Mas’ullarga ishlarni qisqa muddatlarda boshlash vazifasi topshirilib, sportchi yoshlarga zarur sharoitlarni yaratish lozimligi ta’kidlandi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram