Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.89K subscribers
38.4K photos
4.98K videos
72 files
12.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Саида Мирзиёева:

Қозоғистонга қилган аввалги сафаримиз чоғида “Лазги. Муҳаббат ва қалб рақси” балети шу қардош юртда ҳам намойиш этилса, деб ният қилгандик. Эзгу ниятимиз  ижобат бўлди — 17 март куни Абай номидаги Қозоғистон миллий опера ва балет театри саҳнасида қадимий рақсимиз — лазги жонланди.

Бундай маданий тадбирлар гўзал санъатимизни намоён этибгина қолмай, қардош миллатлар ўртасидаги дўстлик, биродарлик ришталарини янада мустаҳкамлашга, ўзаро муносабатларни янги босқичга кўтаришга ёрдам беради.

Биз, Президентимиз томонидан бошлаб берилган яхши қўшничилик анъаналарига содиқ қолган ҳолда, Марказий Осиё давлатлари билан иқтисодий, сиёсий ва, албатта, маданий соҳаларда ҳамкорликни кучайтиришга ўз ҳиссамизни қўшишни мақсад қилганмиз. Халқларимиз ўртасида тотувлик, аҳиллик ҳукм сурса, ушбу минтақа қудратли ҳамжиҳатлик марказига айланиши, шубҳасиз.


🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍1
Саида Мирзиёева:

Бугун Қозоғистон Республикаси Давлат маслаҳатчиси Ерлан Карин билан учрашув ўтказдик.

Суҳбат чоғида апрел ойида бўлиб ўтадиган “Марказий Осиё – Европа Иттифоқи” саммити ва Орол маданият саммитига тайёргарлик кўриш ва уларни ўтказиш юзасидан фикр алмашилди.

Ўзбекистон ва Қозоғистон муҳим халқаро тадбирлар доирасида қўшма ташаббусларни илгари суришда фаол ҳамкорлик қилаётгани мамнуният билан қайд этилди.

Ижтимоий платформаларни тартибга солиш соҳасида мувофиқлаштириш ва тажриба алмашиш муҳимлигига алоҳида эътибор қаратилди.

Учрашув якунида давлатларимиз раҳбарлари ўртасида эришилган келишувларни тўлиқ ҳажмда амалга ошириш доирасида яқин мулоқотни бундан буён ҳам давом эттиришга тайёрлигимизни тасдиқладик.


🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣18-mart – butunjahon Ijtimoiy xodimlar kuni!

Ijtimoiy xodimlar – mehr va insonparvarlik timsoli! Ular jamiyatning eng ehtiyojmand qatlamlariga yordam ko‘rsatib, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash orqali mehr-oqibat ulashadilar.

Ushbu kun munosabati bilan fidoyi ijtimoiy xodimlarni samimiy muborakbod etamiz! Sizning mehnatingiz jamiyat farovonligi yo‘lida beqiyos hissadir!

Rahmat sizga, insonparvarlik kasbi sohiblari!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Exexexeeeee….

Odamlaruuu odamlar eshitmadim demanglar!


🎀Termiz shahridagi “San’at saroyi” da Navro‘zi olam tantanalari boshlanish arafasida!

🌸Hamshaharlar, aziz viloyatimiz ahli ushbu qutlug‘ bayram shukuhi ostida barchangizni Navro‘z sayliga chorlab qolamiz!

Bahoriy shodiyonalarni birga nishonlash, milliy an’analar, raqslar va qo‘shiqlardan bahramand bo‘lish uchun barchangizni tadbirga taklif etamiz!


🔵Bayram kayfiyatini his qilish uchun tezroq yetib keling!

❗️Do‘stlaringiz bilan bo‘lishishni unutmang!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1🎉1
🗣Bugun 19-mart haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar

🌏Butunjahon ijtimoiy ish kuni.

🌏Xalqaro mijozlar kuni.

#muhim_voqealar
🔹1649 – Harvard universitetining rasmiy ustavi qabul qilindi.
🔹1931 – Nevada shtatida majburiy ta’lim bo‘yicha qonun qabul qilindi.
🔹1958 – Moskva davlat universitetida sun’iy yo‘ldosh orqali translyatsiya sinovi o‘tkazildi.
🔹1992 – O‘zbekiston  Polsha va Yangi Zelandiya davlatlari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi.
🔹2012 – “Khan Academy” xalqaro ta’lim platformasi global miqyosda kengaytirildi.

#tavalludlar
🔹1778 – Munis Xorazmiy – shoir, tarixnavis, tarjimon, xattot va maʼrifatparvar.
🔹1832 – German Vamberi – venger sharqshunos, tilshunos olimi, sayyoh va yozuvchi.
🔹1883 – Norman Havorz – ingliz organik kimyogari, London qirollik jamiyati aʼzosi, Nobel mukofoti sohibi.
🔹1896 – Nadejda Kashina – O‘zbekiston xalq rassomi.
🔹1900 – Solih Mutallibov – tilshunos olim, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi.
🔹1954 – Zayniddin Nizomxo‘jayev – davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida “Navro‘z” sayli tantanali ravishda ochildi

🌸Ayni vaqtda Termiz shahrining At-Termiziy shoh ko‘chasida bahor va yangilanish bayrami – “Navro‘z” saylining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir karnay-surnay sadolari ostida boshlandi.

🎀 Milliy liboslar kiygan yoshu keksa va folklor jamoalari bayramona chiqishlari bilan tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar.

💬Sayl davomida xalq o‘yinlari, milliy sport musobaqalari, qo‘g‘irchoq teatrlari va dorbozlar chiqishlari namoyish etiladi. Shuningdek, milliy taomlar festivali ham tashkil qilinib, mehmonlarga sumalak, osh va boshqa an’anaviy taomlar tortiq qilinadi.

Tadbir davomida taniqli hofizlar va san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar yangraydi. Mehmonlar va shaharliklar Navro‘z shukuhi, bahoriy fayz va o‘ziga xos milliy an’analar bilan boyitilgan bayram dasturidan bahramand bo‘ladilar.


🌸Navro‘z – yangilanish va mehr-oqibat ayyomi! Bayram barchaga qutlug‘ kelsin!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏1